Farz bo‘lishning shartlari
1. Zakot beradigan kishining musulmon bo‘lishi.
2. Balog‘atga yetgan bo‘lishi.
3. Aqlli bo‘lishi.
4. Ehtiyoj va qarzlaridan tashqari, bir yil to‘lgan, nisob miqdoridagi, hukman bo‘lsa ham,
ko‘payuvchi mulkka ega bo‘lishi.
Ado qilish farz bo‘lishining shartlari
Molning nisob miqdoriga yetganiga bir qamariy yil to‘lgan bo‘lishi. Bu nisob yilning boshida va
oxirida mavjud bo‘lishi kifoya.
Agar (bu mulk) yil o‘rtasida (nisob miqdoridan) kamaygan bo‘lsa ham, zakot beriladi.
Ado qilinishining shartlari
Zakotning adosi durust bo‘lishi uchun quyidagi uch narsadan biri shartdir:
1. Zakot berayotganida niyat qilish.
2. Yoki mulkidan kerakli mikdorni zakot uchun ajratayotganida niyat qilish.
3. Yoki zakot niyatida bo‘lmasa ham, zakotga berilishi lozim bo‘lgan molning barchasini faqirlarga
tarqatish.
Faqirning o‘ziga berilgan mol zakot ekanini bilishi shart emas. Hatto (zakot berayotgan kishining)
faqirga berayotgan mulkni ehson yoki qarz deb, faqat qalbdan zakot niyatida berishi ham durust
bo‘ladi.
Izoh: Zakot beruvchi kishi molidan zakotini ajratmasdan, vaqti-vaqti bilan kambag‘allarga
mulkidan ehsonlar ulashib tursa, har safar berayotgatda zakot deb niyat qilmasa, bular zakot o‘rniga
o‘tmaydi. Bu kishi, "Buni nima maqsadda bermoqdasiz ?" — degan savolga, o‘ylamasdan "Zakot "
deya oladigan darajada nima qilayotganini bilsin. Shunda u niyat qilgan hisoblanadi va bergan
ehsonlari zakot o‘rniga o‘tadi. Ammo avval zakotni niyat qilmay, keyinchalik: "Mana shu muddat
ichida bergan sadaqalarim, zakot o‘rniga o‘tsin " deb niyat qilsa, bu ham zakot o‘rniga o‘tmaydi.
Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
92
Do'stlaringiz bilan baham: |