Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Farz bo‘lishning shartlari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Farz bo‘lishning shartlari
1. Zakot beradigan kishining musulmon bo‘lishi. 
2. Balog‘atga yetgan bo‘lishi. 
3. Aqlli bo‘lishi. 
4. Ehtiyoj va qarzlaridan tashqari, bir yil to‘lgan, nisob miqdoridagi, hukman bo‘lsa ham, 
ko‘payuvchi mulkka ega bo‘lishi. 
 Ado qilish farz bo‘lishining shartlari
 
Molning nisob miqdoriga yetganiga bir qamariy yil to‘lgan bo‘lishi. Bu nisob yilning boshida va 
oxirida mavjud bo‘lishi kifoya. 
Agar (bu mulk) yil o‘rtasida (nisob miqdoridan) kamaygan bo‘lsa ham, zakot beriladi. 
 
Ado qilinishining shartlari
Zakotning adosi durust bo‘lishi uchun quyidagi uch narsadan biri shartdir: 
1. Zakot berayotganida niyat qilish. 
2. Yoki mulkidan kerakli mikdorni zakot uchun ajratayotganida niyat qilish. 
3. Yoki zakot niyatida bo‘lmasa ham, zakotga berilishi lozim bo‘lgan molning barchasini faqirlarga 
tarqatish. 
Faqirning o‘ziga berilgan mol zakot ekanini bilishi shart emas. Hatto (zakot berayotgan kishining) 
faqirga berayotgan mulkni ehson yoki qarz deb, faqat qalbdan zakot niyatida berishi ham durust 
bo‘ladi. 
Izoh: Zakot beruvchi kishi molidan zakotini ajratmasdan, vaqti-vaqti bilan kambag‘allarga 
mulkidan ehsonlar ulashib tursa, har safar berayotgatda zakot deb niyat qilmasa, bular zakot o‘rniga 
o‘tmaydi. Bu kishi, "Buni nima maqsadda bermoqdasiz ?" — degan savolga, o‘ylamasdan "Zakot " 
deya oladigan darajada nima qilayotganini bilsin. Shunda u niyat qilgan hisoblanadi va bergan 
ehsonlari zakot o‘rniga o‘tadi. Ammo avval zakotni niyat qilmay, keyinchalik: "Mana shu muddat 
ichida bergan sadaqalarim, zakot o‘rniga o‘tsin " deb niyat qilsa, bu ham zakot o‘rniga o‘tmaydi. 
 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling