Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


ma’lum haq (ya’ni, zakot) bergan zotlardir"


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

ma’lum haq (ya’ni, zakot) bergan zotlardir", (Maorij, 24-25 oyatlari mazmuni) degan amriga quloq 
solsalar, kambag‘allar ham boylarning mollarida o‘zlarinipg hissalari borligini his qila olsalar, bu hol 
jamiyatdagi turli falokatlarning oldini olishga, faqirlar boylarning mol-mulkini ko‘paytirishda ularga 
yordamchi bo‘lishlariga hamda uni o‘z mulkidek himoya qilishlariga sabab bo‘ladi. 
5. Zakot ne’matning shukronasidir. Chunki Alloh taolo bandalariga badaniy, moliyaviy ne’matlar 
bergan. Badan bilan qilinadigan ibodatlar badaniy, mol bilan qilinadigan ibodatlar moliyaviy 
ne’matlarning shukridir. Shunday ekan, boy-badavlat kishi kambag‘al va daromaвi ozligi tufayli
boshqalarga muhtoj odamlarga qarab, Alloh bergan ne’matlar bilan o‘zini tilanchilikdan, boshйalarga 
muhtoj bo‘lishdan qutqargan Alloh taologa shukr etib, mulkidan juda ham oz qismini faqirlarga 
bermasa, U naqadar xasisdir. 
6. Zakot farz bo‘lishining boshqa hikmati esa, Alloh yo‘lida kurashayotganlarning kuchlariga kuch 
qo‘shib va askarlarga yordam bo‘lib, Islomning yoyilishidir. Faqir askar Alloh va vatan yo‘lida o‘zini 
fido qilgan bo‘lsa, boylarning ham mol-mulkidan bir qismini ularga fido qilishi bundan kam emas. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
Sanab o‘tilganlardan tashqari zakotning yana bugun insoniyat uchun xayrli va fazilatli hikmatlari 
mavjud. 
Zakotning farz bo‘lish sababi
Haqiqatda yoki hukman nisobga yetgan mol-mulkka ega bo‘lmoq. 
Izoh: Bu mulk tijorat yoki boshqa sohada ishlatilsa ko‘payishi mumkin bo‘lgan, ammo egasi 
ishlatmay saqlayotgan oltin va kumushga o‘xshash boyliklardir. Bunday boyliklar ko‘payish 
qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun, hukman ko‘payuvchi mollar deyiladi. 
Zakotning rukni
 
Faqirni zakot moliga ega qilishdir. Zakot beruvchi kishi zakot niyatida bir faqir yoki yetimning 
qornini to‘ydirsa, bu zakot o‘rniga o‘tmaydi. Chunki bu taomni muboh qilishdir, uning ixtiyoriga 
berish emas. Shuningdek, zakot niyatida faqirga bir yil uyidan boshpana bersa ham, zakot o‘rniga 
o‘tmaydi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling