Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
124 azobda o‘tkazibdilar. O’n birinchi kunga o‘tar kechasi hokimning tushiga janob Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, kiribdilar. Payg‘ambarimiz hokimga: "Mening sunnatimni tiriltirib, dunyoga yoyayotgan zotni zindonga olib qilishdan qo‘rqmaysanmi?" deb tanbeh berdilar. Hokim tong otishi bilanoq, shaxsan o‘zi zindonga kirib, Imomi A’zamdan, rahmatullohi alayh, uzr so‘rab, u zotni ozod qildi. Zindondan ozod bo‘lganlaridan keyin imomimiz Kufani tark etib, Makkai mukarramaga ketadilar va bu muborak shaharda o‘n yillar davomida istiqomat qildilar. Bu zotning hayotlaridan yana bir nuqta — yetmish yillik hayotlarida ellik besh marta haj ibodatini ado qilganlar. Demak, Imomimiz nafaqat Kufadagi, balki Makkai mukarrama va Madinai munavvaradagi ulamolarning suhbatlaridan ham bahramand bo‘lganlar. Bizlarga ming yillar davomida Imomi A’zam mazhabida ta’limot berildi va shunga binoan bu ta’limotga ota-bobolarimiz amal qilib keldilar, biz ham amal qilmoqdamiz. Alloh taoloning buyruqlarida qoim bo‘lib, Imom A’zamning mazhablarida bo‘lishimiz har birimiz uchun bir xayriyat, yaxshilik ekanini yaxshi anglab olsak, hammamiz uchun ham foydali bo‘ladi. Abu Yusuf va Imom Muhammad (ularni "Sohibon" deyishadi) hamda Imom Zufar kabi ko‘plab zabardast olimlar Imomi A’zamdan fiqh ilmini o‘rganadilar. Abu Hanifaning "Al-Fiqh al-akbar", "Usmon al-Buiyga taqdim etilgan risola, "Al-olim va al- mutaallim", 'Ar-Raddu alal-Qadariya" kabi asarlari mavjud. Imomi A’zam hijriy 150 yili yetmish yoshlarida Bag‘dodda vafot etganlar. Abu Hanifa shahardagi Hizaron qabristoniga dafn s.ilinadi. Olimning Bag‘doddagi masjidi mashhurdir. Masjidning juda qimmatli va noyob kitoblarga boy bo‘lgan sutubxonasi mavjud. Allohtaolo mazhabboshimiz hazrati Imomi A’zam Abu Qanifaga, rahmatullohi alayh, ulug‘ rahmati ila marhamat qilsin! Islom diniga va bizga qilgan beqiyos xizmatlari uchun ul zotga eng go‘zal tuhfalar in’om aylasin. Omin! "Imomi A’zam — buyuk imomimiz " kitobidan olindi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling