Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
123 shukronasini tashqi ko‘rinishda ham ko‘rsatib o‘tganlar. Doimo chiroyli va pokiza kiyimlarda yurganlar. Bu haqda ham zamondoshlari guvohlik berib ketganlar. Shunday baland maqomga erishgan zot nihoyatda tavozeli, xokisor, kamtar bo‘lgan ekanlar. Ma’lumki, kishiga Alloh taolo fazilat berib, u qanchalik baland maqomga ko‘tarilsa, uiing hasadgo‘ylari ham shunchalik ko‘payadi. Imomimiz esa o‘shanday hasadgo‘ylarni ko‘rganlarida: "Bizlarni yomonlagan kishilarning gunohini Alloh kechirsin, bizlarni yaxshi ko‘rganlarni Alloh rahmat qilsin", deb duo qilar ekanlar. Ya’ni, yomoilikka yomonlik bilan javob qilmas ekanlar. Yana bir misol: halolni haromdan ajrata olmaydigan, o‘zi kambag‘al, bechora bo‘lsa ham, kalondimog‘, birovlarga ozor yetkazadigan kishilar bo‘ladi. Imomimizning ham bir qo‘shnilari bor ekan. U Alloh taolo harom qilgan ichkilikka giriftor, har kecha mast ekan. Imomi A’zam sha’nlariga hajvlar aytar, baqir-chaqir qilib, u zotga ozor berar ekan. Imomimiz toqat bilan uning haqoratlarini eshitaverar ekanlar. Ittifoqo, bir kuni qo‘shnining xonadonidan odatdagi baqir-chaqir, so‘kinish, haqorat sasi kelmay qolibdi. Imomimiz xavotirlanib, xabar oldiradilar. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shnisi badxulqligi tufayli mirshablar qo‘liga tushib, hibsga olinibdi. Imomi A’zam uni Xudo jazolabdi, deb qo‘ya qolmasdan, darhol amirning huzuriga boribdilar. Mening bir ayolmand kosib, kambag‘al qo‘shnimni qandaydir ayb bilan zindonband qilibdilar. O’sha qo‘shnimni ozod qiling, unga mening o‘zim kafilman, deb iltimos qilibdilar. Kufaning amiri, albatta, Imomi A’zamning kim ekanini bilar edi. Shuning uchun u kishining hurmatidan nafaqat badxulq qo‘shnini, balki keyingi ikki kun davomida hibsga olinganlarshshg hammasini qo‘yib yuboradilar. Shundap so‘ng u qo‘shniga Xudo insof beradi. U zindondan to‘g‘ri Imomi A’zamnnnghuzuriga keladi. Tavba qilib, Imomimizga shogird bo‘ladi. . Imomi A’zamning masala bobida beqiyos bo‘lganliklariga yana bir misol. Bu misol Imomimiz yashagan davr uchun ancha mushkul edi. Kufada bir ayol egizak farzand ko‘ribdi. Egazaklar bir- birlariga bellaridan yopishgan holda tug‘ilibdilar. Hozir bundaylarni Siyom egizaklari deb atay1ilar. Biroz fursat o‘tgach, o‘sha ikki chaqaloqdan birining ajali yetib o‘ladi, ikkinchisi esa tirik. Agar bu holat bizning zamonda ro‘y bersa, darhol jarrohlar aralashib, masalani nashtar bilan hal qilib qo‘ya qoladilar. Lekin 1300 yil avval bo‘lgan voqea haqida ketyapti. Xullas, hamma hayron. O’likni qabrga qo‘ymoqchi bo‘lsalar, uning tirik sherigi bor. Ko‘mmasalar... Shunda hech kim jo‘yali bir javob aytolmagan mazkur masalaga Allohning ilhomi bilan Imomi A’zam javob qiladilar. U kishi, bu o‘lgan bola ko‘miladi, lekin shundoq ko‘miladiki, tirik bola yerning ustida qoladi, deydilar. Xuddi shunday ko‘madilar va Allohning qudrati bilan sanoqli kundan so‘ng yer o‘sha marhum farzandni tirik farzanddan ajralib oladi. Tirik bolaning hayoti mana shunday saqlab qolinadi. Keyin uni Imomi A’zamning o‘g‘li deb ataydilar. Imomimizning bu "o‘g‘li" uzoq yillar umr ko‘radi. Kufa viloyati va shahrining hokimi Ibn Hubaya Imomi A’zamga Kufa viloyatiga qozi bo‘lishini taklif qiladi taklifimni qabul qilmasangiz, zindonband bo‘lasiz, sizni har kuni o‘n darra uradilar, deb tahdid qiladi. Shunda lmomi A’zam, rahmatulloha alayh: "Allohning oxirat diyoridagi azobidan bu dunyodagi hokimning azobi yengil bo’ladi, men roziman", deydilar. Imomi A’zamni zindonband qilganlaridan so‘ng o‘n kun shomida hoklmning huzuriga olib borar ekailar. Hokim u zotdan: "O’ylab ko‘rdingizmi, endi qozi bo‘lishga rozimisiz" deb so‘rar ekan. Rad javobini eshitgach, g‘azablanar, yana o‘n darra urishga buyurar ekan. Imomimiz kaltaklanib, zindonga qaytganidan so‘ng yig‘lar ekanlar. Hamxonalari bu holatdan hayron. Nihoyat, Imomimizdan nega bunday qilayotganlarini so‘rashga jur’at qilibdilar. Axir sizga lavozim bermoqchilarku, uni tezroq qabul qiling, shu azoblardan qutuling, deyishibdi. Shunda Imomi A’zam rahmatullohi alayh: "Men kaltak zarbidan yig‘layotganim yo‘q. Onamga rahmim kelganidan yig‘layapman. U kishi mening zindonga tushganimdan, kaltaklanayotganimdan boxabarlar. Onam qanday chidayaptilar ekan! Meni mana shu narsa yig‘latyapti", degan ekanlar. Shu tariqa o‘n kunni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling