Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannat va do‘zax
- Gunohkor banda
Qiyomat kuni
Qiyomat kuni Alloh taolo odamlarni qaytadan tiriltiradi. Qabrlarda va boshqa yerlarda chirigan va har tarafga tarqalgan jasadlar Alloh taoloning kudrati bilan tiriklik vaktidagidek bo‘ladi. Alloh taolo hammadan ilgari Isrofilni, alayhissalom, tiriltirib, unga ikkinchi marta sur chalmoqni amr qiladi. So‘ngra har bir jasadga o‘zining joni kiradi. Shundan so‘ng qabrlarning usti ochilib, hamma go‘yo uyqudan uyg‘ongandek bo‘lib, tiriladi. Qabrlardan yer ustiga chiqadi. Hammalari Mahshar maydoniga jam bo‘ladi. Mahshar maydoni bandalarning dunyoda qilgan ishlari hisob taftish qilinadigan joydir. Har bandaga nomai a’mollari berilib, dunyoda qilgan amallari o‘zlariga ma’lum shnadi. Har kimning amallari adolat va to‘g‘rilik mezon va tarozusi bilan o‘lchanib, hisob qilinadi. Kimning jannatga va kimning do‘zaxga kirishi tayin tanadi. Mahsharda bandalarning amallarini Alloh taolo tarafidan buyurilgan farishtalar hisob va taftish qiladilar. Hamma jahannam ustiga qurilgan sirot ko‘pridan jannat tarafga o‘tmoqni orzu qiladi. Imonli, solih kishilar va gunohlari avf qilingan mo‘min bandalar g‘oyatda tezlik bilan o‘tib jannatga kiradilar. Sirot ko‘prigdan o‘tolmagan kishilar jahannamga tushadilar. Jannat va do‘zax Jannat ne’matlarini til bilan aytib va qalam bilan yozib tamom qilib bo‘lmaydi. Jannatga tushgan har bir mo‘min bandaga eng katta baxt Alloh taoloni ko‘rmoqdir. Alloh taoloning bandalarga qanday ko‘rinmagi bizlarga ma’lum emas. Ammo Alloh taoloni jannatda ko‘rishga erishmoq lozim va vojibdir. Jahannam g‘oyatda qabohatli va mashaqqatli yerdir. Unga egan odamlar o‘t-olov bilan va boshqa har xil narsalar ham azoblanadi. Gunohkor banda Islom dinining haqligiga va mo‘minlar ishonishi lozim bo‘lgan masalalarga dil bilan e’tiqod qilgan, lekin tilni saqlayolmay gunoh amallar qilgan kishi mo‘minlik va musulmonlikdan chiqmaydi, ammo fosiq va gunohqor bo‘ladi. Alloh taolo xoxlasa, fazl aylab har gunohni afv qilishi mumkin. Ammo zolimning zulmini mazlum bo‘lgan kishi bo‘lsa, xohlasagina, Alloh afv qilishi mumkin. Alloh taolo dunyoda tavba maqbul bo‘ladigan vaqtda, chin yus bilan tavba qilgan kishining gunohlarini kechirmakni va’da qilgan. Payg‘ambarimizning, alayhissalom, va boshqa solih kishilarning shafoatlari sabab bo‘lib, ko‘pchilikning gunohlari afv qilinmog‘i ham ehtimoldir. payg‘ambarimiz Muhammad, alayhissalom, gunohkorni shafoat qiluvchidirlar. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling