Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nikoh marosimi
www.ziyouz.com kutubxonasi
118 NIKOH VA TALOQQA OID HUKMLAR Uylanishning shariy hukmi Shariatda uylanishning hukmi, kishining jismoniy quvvati, oila mas’uliyatini uddalashi, uylanmasa, zinoga ketish xavfiga ko‘ra, besh xil bo‘ladi: 1. Uylanishi farz. Bu hukm uylanishga, oilani boqishga layoqatli va xotinga zulm qilmaydigan kishilar uchundir. Uylanmasa, zinoga ketishi aniq. Ular uylanmasalar, katta gunohkor bo‘ladilar. 2. Uylanishi vojib bo‘lgan kishi. Uylanmasa zinoga ketish xavfi bor, uylansa, xotinni boqa oladi, unga zulm qilmaydi. Bunday kishilar uylanmasalar, gunohkor bo‘ladilar. 3. Uylanishi sunnat. Uylanmasa ham, o‘zini zinodan saqlay oladi. Uylansa, xotinini boqishga va unga zulm qilmaslikka qodir. Bunday kishilar uylansalar savob bo‘ladi. 4. Uylanishi harom. Uylansa, xotinini boqa olmaydi, unga zulm qilishi aniq, jinsiy aloqaga qodir emas. Bunday kishilarning uylanishi harom. Jinsiy aloqaga qodir bo‘lib, uylanishga mablag‘i yo‘q kishilarga Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, mablag‘ topgunga qadar ro‘za tutishni tavsiya etganlar. 5. Uylanishi makruh. Bu hukm uylansa, xotinini boqa olmasligi yoki jinsiy aloqaga yaramasligi ehtimoli ko‘proq bo‘lgan kishi uchundir. Nikoh marosimi Hanafiy mazhabimizda birovni birovga majburan nikoh qilish mumkin emas. Shunga ko‘ra, nikoh vaqtida qiz yo ayoldan: "Siz mana bu falonchiga turmushga chiqishga rozimisiz", erkakdan: "Mana bu falonchining o‘zingizga jufti halol bo‘lishiga rozimisiz" kabi iboralar bilan eng kamida ikki erkak yoki bir erkak va ikki ayol guvohligida so‘raladi. Nikohlanuvchilar bir-birlarining rozilik so‘zlarini, guvohlar har ikki tomonning rozi ekanini bildiruvchi zlarini eshitishlari lozim. Nikoh sahih bo‘lishi uchun har ikki tomonning nikohga roziligi, guvohlar bo‘lishi, ayol erkakka shar’an nikoh qilinishi mumkin bo‘lishi, ya’ni, unga mahram bo‘lmasligi shart. Nikohdan oldin mahrning hammasi yoki bir qismi berilishi lozim. Mahr shaxsan ayolning o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan ma’lum mablag‘dir. Mahrning miqdori ayol yashab turgan joy, u dagi urf-odatlar, jamiyatning iqtisodiy ahvoliga qarab belgilanadi. Mahr kelinning haqqi bo‘lib, undan zo‘rlab olishga kuyovning ham, otasining ham, haqlari yo‘q. Ammo kelin o‘z ixtiyori bilan otasiga yoki kuyovga qisman yoki hammasini berishi mumkin. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling