Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0,55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahli sunna val-jamoa Nurul Izoh www.ziyouz.com
- Ahkomi sharif
- Mujtahidi mazhab
Sahobalar Sahobalar mo‘min va musulmonlik holida Payg‘ambarimiz Muhammadni, alayhissalom, ko‘rib va u kishiga uchrashib, mo‘minlik holida vafot qilgan kishilardir. Sahobalarning afzali avval hazrat Abu Bakr Siddiq, so‘ng hazrat Umar ibn Xattob, so‘ng hazrat Usmon ibn Affon, keyin Hazrat Alidir, roziyallohu anhum. Shuning uchun ular Rasulullohning, alayhissalom, chahoryorlari deb ataladilar. Ahli sunna val-jamoa Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 117 Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, barcha sahobalari vafot etganlaridan so‘ng, Islom ahli e’tiqodda 73 firqaga bo‘lingan. Ammo mashhurlari uch firqadir. Ular quyidagilar: ahli sunna val-jamoa, shi’alar va mo‘‘tazila firqasi. Ahli sunna val-jamoaning e’tiqodi haqdir. Bizlar ahli sunna val-jamoa e’tiqodidamiz. Payg‘ambarimiz Muhammad, alayhissalom, o‘zlari va sahobalari din va shariat hukmlariga qanday e’tiqod qilgan bo‘lsalar, ahli sunna val-jamoa ham shunday e’tiqod qiladilar. Ahkomi sharif Qur’on oyatlari va hadisi sharifdagi shariat hukmlarining ba’zilarini arabchani komil bilgan kishigina bilishi mumkin. Ammo shariatning barcha hukmlarini to‘g‘ri bilish uchun mujtahid bo‘lish kerak. Mujtahid bo‘lmagan kishilarning oyatlardan va hadislardan hukmlar chiqarishlari mumkin emas. Mujtahidi mazhab Arabiy tilning ma’no va sirlarini chuqur bilib, g‘oyatda komil olim bo‘lib, oyat va hadislarning hikmat va sirlarini yaxshi bilganidan so‘ng komil ijtihod bilan din masalalarining har qaysisini fikr va andisha qilgan kishi mujtahid bo‘ladi. Mujtahid bo‘lmagan va mujtahidlik martabasiga yetmagan kishilar maishatda ham, ibodatda ham bir mujtahidning mazhabiga tobe bo‘ladi. Har masalada shu mujtahidning mazhabi bilan amal qiladi. "Mazhab" so‘zi istilohda mujtahid olimning shariat kmlarida oyat va hadislardan ijtihod bilan fikr qilib, glagan yo‘li degan ma’noni anglatadi. Mashhur mujtahidlar to‘rt kishidir. Birinchisi, Imomi A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit, rahmatullohi alayh; ikkinchisi, lomi Shofe’iy Muhammad ibn Idris, rahmatullohi alayh; uchinchisi, Imomi Molik ibn Anas, rahmatullohi ayh; to‘rtinchisi, Imomi Ahmad ibn Hanbal, rahmatullohi alayh. Ushbu mujtahidlarning mazhablari ko‘p masalalarda bir-biriga muvofiqdir. Muxolif bo‘lgan sunnat-oid masalalari ham bor, lekin ko‘p emas. Bizlar Imomi A’zam Abu Hanifa hazratlarining mazhablaridamiz. Maishat va ibodat hukmlarining har qaysida shu mazhabga ko‘ra amal qilamiz. Musulmonlarning jam yarmi Imomi A’zam Abu Hanifa mazhablarida bo‘lsa , qolgan uch imomning mazhablarida bo‘lgan musulmonlar ham bor. Imomi A’zamdan boshqa bu uch imomning mazhablarida o’tganlarning musulmonliklarida kamlik yo‘q. Har mazhab ikkinchi mazhab ahlini o‘ziga do‘st va yaqin tutmog‘i zim. Bir-birlarini dushman tutmaklari aslo durust emas. Chunki musulmonlar bir-birlariga qarindosh va birodardirlar. "Ibodati islomiya " kitobidan qisqartirib olindi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling