Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
114
AQIDA ASOSLARI 
 
 Imon va iqror bayoni
Imon chin ko‘ngil bilan e’tiqod qilmak, ya’ni, ishonmak va inonmakdir. Butun dunyo va olamni, 
yerda va osmonligi barcha maxluqotni yaratgan Alloh taoloning borligi-, birligiga va hamma sifatlariga 
va Muhammadning, alayhissalom, bandalarga Islomni yetkazish uchun Alloh olo tarafidan buyurilgan 
haq payg‘ambar ekaniga, Qur’oni karim Muhammadga, alayhissalom, Alloh taolo yuborilgan haq 
kitob ekaniga Alloh taoloning amri birla Muhammad, alayhissalom, bayon qilgan shariat hukmlarining 
ekaniga imon keltirmak va e’tiqod qilmak lozimdir. Chinakam mo‘min bo‘lmoq uchun faqat dilda 
ishonmoq kifoya qilmaydi, balki iqror qilmoq, ya’ni til bilan aytish ham shart. Til bilan iqror qilmagan 
kishi dilida tonsa ham, dunyoda mo‘min hisoblanmaydi, oxiratda uning joni maqbul va yo mardudligi 
Alloh taologa havola qilinadi. 
Til bilan iqror qilish shunday: "Ashhadu alla ilaha Ilallohu va ashhadu anna Muhammadan 
abduhu va rosuluh" 
 Imon kalimasi Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rusulihi yavmil oxiri val qodari 
xoyrihi va sharrihi minallohi ‘ala val ba’si ba’dal mavt. 
 
 Alloh taologa imon keltirish
Alloh taoloning borligiga, birligiga va barcha sifatlariga imon keltirmoq lozim. Alloh taoloni tanish 
Uning ism va sifatlari bilan bo‘ladi. Alloh taoloning 99 ismi sifati bordir. 
 
 Farishtalar
Farishtalar ham bizlardek Alloh taoloning maxluqridir. Ular doimo Alloh taologa ibodat qilib va 
buyurilgan barcha xizmatlarni ado qilib turadilar. Ular hech gunoh ish qilmaydilar, yeb-ichmaydilar, 
uxlamaydilar. Ularda erkaklik va xotinlik yo‘qdir. 
Ular nurdan yaratilgan, jismlari shamoldek latif va yumshoqdir. Bizlarning ko‘zlarimizga 
ko‘rinmaydilar. Agar ko‘rinishni xohlasalar, har turli suratlarda ko‘rinishga ham qodirdirlar. 
Har bir bandaning qilgan amallarini yozib turadigan farishtalar bor. Ular bandalarning yaxshi va 
yomon amallarini nomai amallariga yozadilar, qiyomat ko‘nida hisob uchun shu daftarlar taftish 
qilinadi. Yana bandalarni Alloh amri bilan zarar va ziyondan, ofatlardan saqlab yuradigan farishtalar 
ham bor. 
Jabroil, Mikoil, Azroil va Isrofil, alayhimussalom, farishtalarning ulug‘laridandir. Hazrat Jabroil 
Alloh taolodan payg‘ambarlarga vahiy keltiradigan elchidir. Hazrat Mikoil bandalarning rizqlarini 
tayin qilmoq uchun va bulut va yomg‘irlarga hukm qilmoq uchun mas’uldir. Hazrat Azroil 
bandalarning jonlarini oladigan farishtadir. Hazrat Isrofil bandalarning jonlari turadigan surga muakkil 
farishtadir. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling