Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Qurbonlikni so‘yish vaqti


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Qurbonlikni so‘yish vaqti
 
Qiron va Tamattu’ hajlari uchun jonliq Qurbon hayitining uch kuni ichida (aqabada) tosh otganidan 
so‘ng so‘yiladi. 
Qurbonlik so‘yiladigan joy
 
Hadya joyi Harami Sharifdir va qurbon kunlari so‘ymoqchi bo‘lsa, Minoda so‘yish sunnatdir. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
Boshqa kunlarda Makkada so‘yish afzal. Nazr qilingan tuyani Harami Sharifda so‘yish shart emas. 
Payg‘ambaryamizni, sollallohu alayhi va sallam, ziyorat qilish Alloh taoloning inoyati bilan hajni 
ado etgan hoji payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, shaharlari Madinai Munavvaraga 
borib, muborak qabrlarini iyorat qilishi lozim. 
Bu ziyorat eng fazilatli mustahab ibodatlardandir. Ba’zi kitoblarda vojib ham deyilgan. Bu yerni 
ziyorat qilish mo‘min uchun sharaf va ulug‘ baxtdir. Bu yerda hojining qalbi Nabaviy nurlarga to‘lib 
toshadi. Muhammadiy barakot ning har tarafini qamrab oladi. Ruhi samolarga yuksalib, qalbn 
gunohlardan pok bo‘ladi va umrining qolgan nsmnda Payg‘ambarimiz shafoatlaridan fayz oladi. 
Rasuulloh sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: Qabrimni ziyorat qilgan kishiga qiyomat kuni 
shafoatim ojnb bo‘ladi". 
Shuningdek, bu xususda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, yana shunday marhamat 
qilganlar: "Vafotimdan so‘ng meni ziyorat qilgan kishi, hayotlik davrimda ziyorat qilgan kishi 
kabidir"- Boshqa bir hadisda esa: "Kim Baytullohni haj qilib, meni ziyorat qilmasa, menga jafo qilgan 
bo‘ladi". deganlari rivoyat qilinadi. 
Payg‘ambarnmizni ziyorat qilish maqsadida yo‘lga chiqqan hoji ko‘p salavot aytmogi lozim. 
Madina devorlarini o‘rgach. "Allohumma haza haromu nabiyyika, vaj’alhu viloyatan liy minannar va 
amonan minal-azobi va suil hison", deb duo qiladi. (Ma’nosi: Parvardigorim! Mana shu sening 
Rasuling hazrat Muhammadning, solallohu alayhi vasallam, harami, abadiy istirohatgohi, bu yerni 
men uchun do‘zax otashidan himoya vositasi qilgin, azob va og‘ir hisob berish ozod bo‘lishimga bir 
sabab qilgin). 
So‘ngra yuvinib,- xushbo‘ylik sepadi va eng go‘zal, yangi iboslarnni kiyadi. Chunki bu hurmat va 
ehtiromga eng loyiq kshddir. So‘ng tavoze’, viqor bilan Madinaga kiradi va shzai muborakni ziyorat 
qiladi. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlari bilan qabrlari orasida ikki rakat 
namoz o‘qiydi. Chunki u zot, sollallohu alayhi vasallam, "Qabrim va minbarim orasi jannat 
bog‘laridan bog‘, minbarim esa hovuzimning ustidadir", deganlar. 
So‘ngra bunday sharafga muvaffaq qilgani uchun Alloh taologa shukr sajdasi: qiladi va xohlagan 
duosini o‘qiydi. Bundan so‘ng o‘rnidan turib, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, 
qabrlariga yuzlanadi va qabrning bosh tarafida qiblaga qarab, namozga turgandek, qad rostlaydi va: 
"Ey Rasululloh, sizga Allohning salomi, marhamati va barakoti bo‘lsin! Assalomu alayka, yo 
Rasululloh! Assalomu alayka, yo xayri xalqulloh! Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga iqrorman va 
Allohning sherigi yo‘qdir. Siz Uning bandasi, rasuli va amini ekanligingizga iqrorman. Guvohlik 
beramanki, siz risolat (Payg‘ambarlik vazifalari)ni batamom yetkazdingiz va omonatni 
egalarigatopshirdingiz. Ummatingizga nasihat qilib, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdingiz, kufr va 
jaholatni yo‘q qildingiz. Biz tufayli Alloh Sizga boshqa ummatlari tufayli payg‘ambarlarga bergan 
mukofotlardan ham ziyoda ajr mukofoglar bersin", deydi. 
So‘ngra Allohdan ehtiyojlarini so‘raydi. Chunki bu yer duolar ijobat bo‘ladigan, yaxshi talablar 
ravo ko‘riladigan xayrli maqomdir. Hajni ado etib, Payg‘ambarimizpi, sollallohu alayhi va sallam, 
ziyorat qilgan kishi qalbi pok, yangi tug‘iltandek barcha gunohlardan forig‘ bo‘lgan holda vataniga 
qaytadi. Alloh taolo bizlarni ham Baytullohni haj qilishga va Rasulullohning, sollallohu alayhi va 
sallam, ravza va qabrlarini ziyorat qilishga muvaffaq aylasin. Shubhasiz, Alloh mo‘minlarning 
duolarini ijobat qilguvchi Zotdir. Omin. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling