www.ziyouz.com kutubxonasi
109
Jinoyatlar
1. Qurbonlikni vojib qiladigan jinoyatlar.
2. Fitr sadaqasini berishni vojib qiladigan jinoyatlar.
3. Fitr sadaqasidan ham ozroq miqdorda jazo beriladigan jinoyatlar.
4. Berilgan zararning o‘rnini qoplash, qiymatini go‘lashni lozim qiladigan jinoyatlar.
Qurbonlik so‘yishni vojib qiladigan jinoyatlar
Haj asnosida badaniga xushbo‘ylik surish, boshiga xina qo‘yish, zaytun yog‘i yoki har xil yog‘lar
bilan sochini yog‘lash, bir kun davomida tikilgan libos kiyish, boshini berkitish, sochning to‘rtdan bir
qismini oldirish, bir yerda ikki qo‘li va ikki oyog‘ining tirnoqlarini olish, hajning vojiblaridan birini
tark qilish.
Fitr sadaqasi miqdoricha sadaqani vojib qiladigap jinoyatlar
Bir a’zoning ozgina qismiga xushbo‘ylik surish, bir kundan ozroq muddat tikilgan kiyim kiyish
yoki boshni yopish, sochning to‘rtdan bir qismidan ozrog‘ini oldirish, bitta barmoqning tirnog‘ini
olish, qudum yoki vido tavofini tahoratsiz qilish, vido tavofining birini qoldirish yoki shaytonga tosh
otishda belgilangan yetti toshchadan birini otmay qoldirish.
Kishi bit, burga, chigirtka o‘ldirgani uchun fitr sadaqasidan kim miqdordagi istagan sadaqasini
beradi.
Zararning o‘rnini qoplash, qiymatini to‘lashni lozim qiladigan jinoyatlar
Ovlanadigan hayvonni o‘ldirish. Hayvon o‘ldirilgan joyida ishonarli ikki kishi tomonidan qiymati
baholanadi. Agar hayvon bitta qurbonlik qiymatiga teng bo‘lsa yo qurbonlik sotib olib so‘yadi yoki
qurbonlik qiymatida taom olib, yarim so’dan faqirlarga tarqatadi. Yoki yarim so’ berish o‘rniga bir
kundan ro‘za tutadi. Qarg‘a, kalxat, chayon, ilon, quturgan it, toshbaqa kabi ov hayvoni bo‘lmagan
hayvonlarni va pashsha kabi barcha hashoratlarni o‘ldirganga jazo yo‘qdir.
Qurbonlik (hady)
Hady Harami Sharifda so‘yib, qurbat hosil qilish uchun u yerga in’om qilingan katta yoki kichik
boshli qurbonlik hayvonidir. Bu tuya, sigir yoki qo‘y bo‘lishi mumkin. Qurbonlik qilinishi joiz bo‘lgan
hayvonlar hady o‘laroq so‘yilishi mumkin. Ko‘r, cho‘loq va shunga o‘xshash aybi bo‘lmasligi shartdir.
Ziyorat tavofini junub bo‘lib ado etganlik va Arafotda vuqufdan oldin jinsiy aloqa qilishdan boshqa
barcha jinoyat uchun qo‘y so‘yish kifoya qiladi.
Bu ikki jinoyat uchun esa sigir yoki tuya qurbonlik qilish vojib bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |