Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tamattu’ hajining qoidalari
- Allohga shukr
Tamattu’ haji
"Tamattu’" so‘zi lug‘atda foydalanish ma’nosidadir. Sha-riat istilohida haj oylarida umra uchun ihromga kirish va uni ado etgach, haj uchun yana qayta ihromga kirish ma’-nosini beradi. Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 108 Hukmi va sahih bo‘lish shartlari Savobi bo‘yicha umradan ustun, faqat Qiron hajidan keyingi o‘rindadir. 1. Umra tavofini to‘liq (yoki ko‘proq qismini) haj oylarida qilish. 2. Umra ihromiga haj ihromidan oldin kirish. 3. Umradan so‘ng qilinadigan haj ibodatini buzmaslik. 4. Umrani ado qilgach, vataniga borib kelmaslik. 5. Umra va hajni bir yilda ado qilish. 6. Makkalik va u yerda yashovchilardan bo‘lmaslik. 7. Agar haj oylaridan oldin umrani ado etib, Makkada qolgan bo‘lsa, haj oylari kirgach, umrani qayta bajarish lozim. Tamattu’ hajining qoidalari Dastlab umra uchun miyqotda ihromga kiradi va ikki rakat namozdan keyin "Allohumma inni uridul ‘umrata fayassirha liy va taqobbalha minni" (ma’nosi: Allohim men umra qilmoqchiman. Uni menga oson qil va qabul ailagin), deb niyat qiladi va talbiya aytadi. Makkaga borganida umra uchun Ka’bani tavof qiladi, Safo va Marva orasida sa’y qiladi, soch oldiradi yoki qisqartiradi. Shundan so‘ng umra ihromidan chiqadi. Zulhijjaning sakkizinchi (tarviya) kuni Harami Sharifda haj uchun ihromga kiradi va haj amallarini aytib o‘tilgan tartibda ado qiladi. Allohga shukr Hoji Qurbon hayiti kuni shaytonga tosh otganidan so‘ng, ikki ibodatni (haj va umra)ni bajarishga muvaffaq qilgani uchun Allohga shukr niyati bilan bitta qo‘y yoki katta bosh hayvon yoxud katta bosh hayvonning yettidan bir qismini so‘yadi. Undan o‘zi yeydi va faqirlarga tarqatadi. Bunga qurbi yetmasa, hayitdan oldin uch kun va haj amallaridan so‘ng yetti kun, jami o‘n kun ro‘za tutadi. Makkaliklar, Makka va miyqot orasidagi hududda yashov-chi kishilar Qiron, Tamattu’ haj qilmaydilar. Jinoyatlar (Hajda qilinishi taqiqlangan amallar) Jinoyatlar: a) ihrom talabini bajarmaganlik; b) Harami Sharif hurmatini toptash sababli sodir bo‘ladi. 1. Agar farz tavofni tahoratsiz bajarsa, bitta qo‘y, junub holda bajarsa, bitta tuya so‘yishi vojib. 2. Vojib sunnat yo tavoflarni tahoratsiz qilsa, bitta fitr sadaqasi miqdorida sadaqa berishi, junub holda qilsa, bir qo‘y so‘yishi kerak bo‘ladi. 3. Ayol hayz yo nifos qoni to‘xtamay vojib va sunnat tavoflarni bajarsa, bir qo‘y, farz bo‘lgan tavofni bajarsa bir tuya so‘yadi. 4. Hayzda, nifosda yoki junub bo‘lib tavof qilgach, poklanib, g‘usl qilib, qaytadan tavof qilsa, lozim bo‘lgan jazo avf etiladi. Tavofni istisno qilgan holda, hajning butun farz, vojib va sunnat amallarini junub, hayz va nifosli holda bajarish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling