Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Takrorlash uchun savollar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Takrorlash uchun savollar 
1. Ro‘za nima? Ramazon ro‘zasining farz bo‘lishi sababi, hukmi, farz bo‘lish shartlari, adosining 
durust bo‘lish shartlari va ruknlarini aytib bering. 
2. Ro‘zaning qanday turlari bor? Saharda niyat qilish va niyatning maqsadini tayinlash shart bo‘lgan 
va bu holat shart bo‘lmagan ro‘zani tushuntiring. 
3. Ramazon oyi qanday sobit bo‘ladi? Shak nima? Shak kuni makruh bo‘lmagan ro‘za qaysi? 
4. To‘g‘riso‘z yoki yolg‘onchi odamning xabari qachon qabul qilinadi, qachon qabul qilinmaydi? 
Qurbon hayiti oyi bilan boshqa oylar o‘rtasidagi farqni tushuntiring. 
5. Ro‘za ochilmaydigan 10 holat, ham ro‘za ochilib, ham kafforat lozim bo‘ladigan 10 holat va 
ro‘za ochilib, faqat qazosini tutish lozim bo‘ladigan 10 holatni aytib bering. 
6. Kafforatni ta’riflang. Uni shart qiluvchi omillarni sanab o‘ting. Bir necha kafforat qachon bir 
paytda ado qilinadi? Qazo ro‘za tutishi kerakligiga qaramay, kunning qolgan qismini ro‘za tutib 
o‘tkazishi lozim bo‘lgan kishining misolini ayting. 
7. Ro‘zador uchun makruh, makruh bo‘lmagan va mustahab amallarni sanab o‘ting. 
8. Ro‘zador qachon ro‘zasini bchishi mubohbo‘ladi? Yo‘lovchi qachon ro‘zasini ochsa, fazilatliroq 
bo‘ladi? O’lguncha ro‘za tutishga niyat qilib, ro‘zg‘or tashvishlari bilan uni ado etolmagan kishining 
hukmi nima? 
9. Nafl ro‘zaning qazosi qachon ado qilinadi, qachon ado qilinmaydi? Kishi nazrini qachon bajarishi 
kerak? Tashriq kunlari ro‘za tutishni nazr qilgan odamning hukmi nima? Kishi agar nazrini bir 
shartning voqe’ bo‘lishiga bog‘lasa, faqat bu holat qazoga kelmasdan nazr qilsa, buning hukmi qanday 
bo‘ladi? 
10. E’tikofni ta’riflang, uning turlari, shartlari, e’tikofdagi kishiga masjiddan chiqish qachon joiz 
bo‘lishini, e’tikofda qanday harakatlar muboh bo‘lishini aytib bering? E’tikofning buzilishini, nazr 
qilgan kishi nima qilishi kerakligini ayting. 
11. Faqat kechalari yoki faqat kunduzlari e’tikof qilish nima bilan sobitdir? E’tikofning Islomdagi 
o‘rni, foydalarini ayting? 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling