Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Ro‘zadorga mustahab bo‘lgan amallar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Ro‘zadorga mustahab bo‘lgan amallar
1. Saharlik qilmoq. 
2. Tong otishiga yaqinroq paytda saharlik qilish. 
3. Havo ochiq kunlarda iftorni kechiktirmaslik. 
Ro‘za tutmaslik uchun sabab bo‘ladigan uzrlar


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
Uzr (yoki ariza) kishini ro‘za tutishdan to‘xtatadigan omildir. Ro‘za tutmaslikka uzr va ro‘za 
ochilsa gunoh bo‘lmaydigan omillar sakkiztadir: kasallik, musofirlik, ro‘za tutmaslikka majburlanish, 
homiladorlik, emizuvchi ayol, ochlik, suvsizlik, o‘ta qarilik. 
1. Bemor odam kasalligi kuchayishidan yoki tuzalishi kechikishidan ko‘rqsa. 
2. Homilador ayol qornidagi bolaning tushib qolishidan yoki o‘zining o‘lib qolishidan yoki kasal 
(betob) bo‘lib qolishidan ko‘rqsa. 
3. Emizuvchi ayol o‘zi yoki emizayotgan bolaning kasal yoki akdi zaif bo‘lib qolishidan qo‘rqsa. 
Bola o‘z farzandimi yoki boshqa kishining bolasimi, farqi yo‘q. Bu mavzua qo‘rquv o‘tmish 
tajribasidan chiqqan xulosaga yoki to‘g‘riso‘z mutaxassis va musulmon shifokorning tavsiyasiga 
asoslanadi. 
4. Kishining o‘limga sabab bo‘ladigan suvsizlikka duchor bo‘lishi. 
5. Kishi o‘limiga sabab bo‘ladigan shiddatli ochlikka duchor bo‘lganida ro‘zasini ochishi joizdir. 
Musofirlik uzri
 
Tong otmasdan yo‘lga chiqqan yo‘lovchi (musofir) ro‘za tutmasligi joiz, biroq hamrohlarining 
ko‘pchiligi ro‘zador bo‘lsa va ozuqalarini baham ko‘rishsa, ro‘za tutishi fazilatliroq. Hamrohlari ro‘za 
tutmasa va uning ro‘zadorligi boshqalarga malol kelsa, ro‘za tutmagani yaxshi. 
Vasiyat va qazo (o‘lim)
Bemorlik, musofirlik va shunga o‘xshash sabablar bois ro‘za tutolmagan hamda uzri tugamasdan 
o‘lgan kishiga tutolmagan ro‘zalari uchun kafforat berishni vasiyat qilish vojib emas. 
Uzrli bo‘lganlari uchun ro‘za tutolmagan, uzrlari tuga-gach, ya’ni bemor tuzalgach va musofir 
muqim bo‘lgach, tutolmagan kunlarining qazosini (bir kuniga bir kun), tutadilar. 
Qazo ro‘zalarni tanaffussiz tutish shart emas. 
Qazo ro‘zasini tutib bo‘lmay, keyingi Ramazon oyiga kelsa, qazoni to‘xtatib, farz ro‘zani tutadi va 
qazoni tutg magani uchun fidya bermaydi (qazoni keyin tutib beradi). 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling