Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
52. Og‘iz to‘lmagan holda bo‘lsa ham, o‘zini zo‘rlab qusish. 
53.Og‘iz to‘lib kelgan qusuqni ro‘zadorligini bilib turib, qaytarib (ichiga) yutish. 
54.Tishlar orasida qolgan no‘xat donasi hajmidagi narsani yeyish. 
55.Kunduz niyat qilishdan oddin, unutib, biror narsa yeganidan so‘ng niyat qilish. 
56.Ramazon oyi ichi bo‘lsa ham, kishining hushdan ketishi. Biroq kishi kunduzi yoki kechasi 
hushidan ketganida shu kunning ro‘zasini qazo qilmaydi. 
57.Ramazon oyining ba’zi qismida jinni bo‘lib qolish. Biroq (jinni bo‘lib qolgan kishining) kecha 
yoki kunduzning niyat qilish muddatidan keyin akdi kirsa, o‘sha kungi ro‘zaning qazosini tutmaydi. 
Qolgan kun ro‘zasini tutishi lozim bo‘lgan kishi
1. Ramazon ro‘zasi ochilgan kishi. 
2. Tongotgach (nahorda), hayz va nifos qoni to‘xtagan ayol. 
3. Tong otgach (nahorda) balog‘atga yetgan bola. 
4. Tong otgach, Islom dinini qabul qilgan (sobiq) kofirlar kunning qolgan qismini yemay-ichmay 
o‘tkazishlari kerak. 
Ro‘zadorga nima makruh va nima makruh emas
Makruh amallar: 
1. Tatib ko‘rish. 
2. Zarurat bo‘lmasa-da, bir narsa chaynash. 
3. Og‘izga ta’m beradigan hech qanday moddasi bo‘lmagan saqich chaynash. 
4. Jinsiy aloqaga mayl qilishidan amin bo‘lmagan paytida o‘pishish. 
5. Jinsiy yaqinlik qilishdan o‘zlarini tiyib qolishga ishonchlari bo‘lmasa ham, (er-xotinning) 
a’zolarini bir-birlariga tekkizishlari. 
6.Og‘izni tupukka to‘ldirib yutish. 
7. O’tkir nashtardek narsa bilan qon oldirish kabi holdan toydiradigan bir amal qilish. 
Makruh bo‘lmagan amallar
1.Jinsiy aloqaga mayl qilishdan amin bo‘lgan holatda o‘pishish. 
2. Er-xotinning ana shunday amin holatda o‘pishishlari. 
3. Mo‘ylabni yog‘lash. 
4. Ko‘zga surma qo‘yish. 
5. Holsizlanish yoki quvvatdan ketib qolishdan amin bo‘lsa, qon oldirish. 
6. Tushdan keyin misvok ishlatish (xoh tushdan oldin, xoh keyin, xoh ho‘l, xoh quruq misvok 
ishlatish sunnatdir). 
7. Og‘izni chayish. 
8. Burunni chayish. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling