Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Kafforatni bekor qiluvchi holatlar
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ro‘za kafforati.
Kafforatni bekor qiluvchi holatlar
Ro‘zasi ochilib, kafforat qilishi kerak bo‘lgan kunda kishi ro‘za ochishni muboh qiladigan kasallikka uchrasa, ayol hayz yoki nifos ko‘rsa, kafforat bekor bo‘ladi. Kafforat lozim bo‘lgan kishi (shu kunda) majburiy safarga chiqadigan bo‘lsa, kafforat bekor bo‘lmaydi. Ro‘za kafforati. Kafforat lozim bo‘lgan kishi, musulmon bo‘lmasa ham, bitta qul ozod qilishi, bunga kuchi yetmasa, tanaffussiz, Ro‘za hayit va Qurbon hayitlari bo‘lmagan vaqtda ikki oy ro‘za tutishi, agar bu tartibda ro‘za tuta olmasa, bir kunda ikki bor: ertalab va kechqurun (yo kechqurun va saharda) 60 faqirning qornini to‘yg‘izipsh kerak. 60 faqirning har biriga yarim so’ bug‘doy yoki un yoki qovurilgan un yoki bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa yoki bulardan birining qiymatini (pulini) bersa ham bo‘ladi. Kafforatlarning birlashuvi Bir kishi yeb-ichish sababi bilan bir necha kunning ro‘zasini ochsa, bu kunlar ikki Ramazondan bo‘lsa ham, ularning hammasi uchun bitta kafforat yetarlidir. Faqat kafforatini o‘tab, so‘ng yana kafforat lozim ish qilsa, kafforat qayta vojib bo‘ladi. Quyidagi hollarda ro‘za ochiladi, kafforat lozim bo‘lmaydi: 1. Xom guruch yemoq. 2. Xamir yemoq. 3. Oddiy un yemoq. Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 84 4. Og‘izga bir hovuch tuz solib, yemoq. 5. Loy yemoq. 6. Danak yemoq. 7. Paxta yemoq. 8. Qog‘oz yemoq. 9. Xom behini pishirmay yemoq. 10.Pishmagan xom yong‘oqemoq. 11.Shag‘al yutish. 12.Temir yutish. 13.Tuproq yutish. 14.Tosh yutish. 15.Ukol qildirish. 16.Burungadori quyish. 17.Tomoqdan bir narsa oqizish. 18.Quloq teshigidan yog‘ yoki suv tomizish. 19. Qorin ustiga yoki boshqa yerga dori sursa, dorining badanga singib, oshqozonga borishi. 20.Boshga surilgan dorining dimog‘iga yetishi. 21.Og‘ziga kirgan yomg‘ir tomchisining ichga ketishi. 22.Og‘ziga kirgan qor tomchisining ichga ketishi. 23.Tahoratda og‘iz chayganida, ichiga suv ketib qolishi. 24.Zo‘rlanib, jinsiy aloqaga majbur bo‘lib, ro‘za ochilishi. 25.Erkak tomonidan ayolning jinsiy aloqaga majburlanishi (faqat ayol uchun, erkakka qazo va kafforat lozim). 26. Xoh qul, xoh nikohli ayolning ish paytida kasal bo‘lib qolishdai qo‘rqib ro‘zasini ochishi. 27. Ro‘zador uxlayotganida boshqa kishining og‘ziga suv quyishi. 28. Ro‘zadorligini unutib yeb-ichgan kishi ro‘zasi esiga tushsa ham yeb-ichishda davom etishi. 29. Ro‘zadorligini unutib jinsiy aloqada bo‘lib, so‘ng yana qasddan aloqa qilishi. 30. Saharda niyat qilmasdan, kunduzi niyat qilib, keyin ro‘zasini ochishi. 31. Musofirning iqomatni niyat qilgach, iftordan oldin biror narsa yeyishi. 32. Muqimning saharda niyat qilib, safarga chiqqach, biror narsa yeyishi. 33. Na ro‘za tutishga va na tutmaslikka niyat qilmay kechgacha (och, suvsiz) yurish. 34. Bomdod vaqti kirganida, hali subhi sodiq bo‘lmadi, deb o‘ylab, saharlik qilish. 35. Subhi sodiq kirganida xali tong bo‘lmadi, deb o‘ylab jinsiy aloqa qilish. 36. Quyosh botmay, iftor vaqti bo‘ldi deb, iftor qilish. 37. Jirkanch va og‘ir gunoh bo‘lsa ham, o‘likka yaqinlik qilib, maniy chiqishi. 38. Xayvonga yaqinlik qilib, maniy chiqishi. 39. Ayolning soniga, qorniga surkalib, inzol bo‘lishi. 41. O’pishganida ehtilom bo‘lishi. 42. Er-xotinning tanosil a’zolarini bir-biriga tekkizib, ehtilom bo‘lishi. 43. Ramazon ro‘zasidan boshqa har qanday ro‘zani ochish. 44.Uxlayotgan payti jinsiy aloqa qilingan ayol (erkakka kafforat vojib bo‘ladi). 45.Ayolning tanosil a’zosiga har qanday maqsad bilan suyuqlik tomizish. 46.Ho‘l barmoqni anal teshigiga tiqish. 47.Yog‘li barmoqni anal teshigiga tiqish. 48. Ayolning ho‘l yoki yog‘li barmog‘ini tanosil a’zosi ichiga tiqishi. 49. Anal teshigiga paxta kabi narsani kirib ketgunicha botirish. 50.Ayolning paxta kabi narsani tanosil a’zosining ichiga kirgazishi. 51.O’zi xohlab (qasddan) tomog‘idan tutunni o‘tkazishi (ya’ni undan nafas olishi). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling