Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Zakot berish joiz bo‘lgan kishilar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Zakot berish joiz bo‘lgan kishilar
1. Badavlat kishining faqir katta o‘g‘li. 
2. Badavlat kishining faqir xotini. 
3. Farzandi boy bo‘lsa-da, uning faqir otasiga zakot berish joiz. 
4. O’z qishlog‘i va shahrida faqir kishilar bo‘la turib, zakotni boshqa qishloq-shahardagi muhtoj 
kishilarga yuborish makruhdir. Faqat boshqa qishloq-shahardagi faqirlar zakot beruvchining yaqinlari 
yoki o‘z qishloq-shahridagi faqirlardan qashshoq kishilar bo‘lsa, makruh emas. Agar kishi zakotini 
muddatidan avval beradigan bo‘lsa, boshqa qishloq-shahardagi faqirlarga yuborishining zarari yo‘q. 
5. Zakot niyatida faqir qarindoshlarning bolalariga beriladigan sovg‘alar ham zakot o‘rniga o‘tadi. 
6. Shuningdek, zakot niyati bilan bayramlarda, boshqa shodiyonalarda ayol va erkak faqirlarga 
berilgan sovg‘alar ham zakot o‘rniga o‘tadi. 
7. Zakot to‘plovchi xodimlardan boshqa barcha zakot oladigan toifalar faqir bo‘lishlari shart. 
Fitr sadaqasi
Fitr sadaqasi badavlat musulmonning Ramazon hayitida zakot berilishi joiz bo‘lgan kishilarga 
beradigan sadaqasidir. 
Fitr sadaqasini Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, tomonlaridan hijratning ikkinchi yili, 
faqirlarga berish buyurilgan. 
 
Hikmati. 1. Ramazon hayitidek ulug‘ kunda faqirlarni tilanchilik qilish iztirobidan qutqarish


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
2. Barcha musulmonlar shod-hurram bo‘lgan mana shunday Ulug‘ bayram kuni, faqirlarni ham 
xursandchilik va farog’atga erishtirish. 
3. Ro‘za tutib, vujudini poklagan kishining molini ham Poklashi. 
4. Ro‘za davomida, ehtimol, yo‘l qo‘yilgan ba’zi xatolarining to‘g‘rilanishi. 
Rukni
Oluvchi kishining fitr sadaqasini shaxsiy mulkiga aylantirishi. 
Sababi kishining qaramog‘ida boqishga majbur va mas’ul bo‘lgan kishilarning mavjudligidir. 
Ya’ni, odam o‘zi, kichik va faqir farzandlari, xizmatkor quli, mudabbari (xo‘jayini o‘lganidan so‘ng 
ozod bo‘lishi xususida, xo‘jayini bilan shartnoma tuzgan quli), ummi valadi (xo‘jayinidan farzand 
ko‘rgan joriya) uchun fitr sadaqasi berishi lozim. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling