Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
99 7. Tijorat mollarini ta’riflab, ular uchun qachon zakot berish lozimligini ayting. Alohida-alohida turdagi tijorat mollarining zakoti qanday beriladi? Tijorat mollarining zakotini berish uchun lozim bo‘lgan shartlarni tushuntirib bering. 8. Ushr va xirojga tortiladigan yerlarni ta’riflang. Har ikkisi uchun lozim bo‘lgan zakot miqdorini hamda ushr berilishi lozim bo‘lgan yerlarda zakotning vojib bo‘lish shartlarini sanab bering. 9. Ma’dan, xazina va yerosti boyliklari orasidagi farqni tushuntirib, har birining hukmlarini aytib bering. 10. Nisob miqdoridagi mulkka ega bo‘lgan kishi ikki yil yoki yanada ko‘proq yillarning zakotini vaqtidan avval berishining hukmi nima? Vafot etgan kishidan qolgan mulkdan qanday hollarda zakot beriladi? 11. Yil o‘rtasida yuzaga kelgan qarzdorlik xususidagi Ixtilofni tushuntiring. Shuningdek, yil o‘rtasida qo‘lga kiritilgan boylikning hukmini bayon qiling. 12. Zakot beradigan kishi zakot niyatida faqirlardagi qarzidan kechib yuborishining hukmi nima? Zakot berish vojib bo‘lgan, lekin talofatga uchragan mulkning hukmini izohlab bering. 13.Zakot berishi mumkin bo‘lgan kishilarni sanab bering va har bir toifani ta’riflang. Qalblarini Islomga og‘dirish istalgan kishilarga nima uchun zakot beriladi? 14.Fitr sadaqasini ta’riflab, hikmatini, sababini, ruknini, vojib bo‘lish shartlarini, vojib vaktini va qanday turdagi narsalardan berish mumkinligini hamda berish lozim bo‘lgan miqtsorning qancha ekanligini tushuntirib bering. Kishi nima uchun fitr sadaqasi berishi lozim? Fitr sadaqasining qiymatini berish joizmi? Fitr sadaqasi kimlarga beriladi? Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 100 HAJ KITOBI "Haj" so‘zining lug‘aviy ma’nosi qasd qilish demakdir. Shar’iy istilohda esa, maxsus amallarni ma’lum bir joyda, muayyan bir vaqtda ado etishni qasd qilishdir. Izoh: Maxsus joy Ka’ba va Arafotdir, muayyan vaqt esa, haj mavsumi, ya’ni Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja oyining ilk o‘n kunidir. Maxsus amal esa, Baytullohni tavof qilish hamda Arafotda turishidir. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling