Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hajning vojiblari
Farz bo‘lishining sababi
Hajning farz bo‘lish sababi Baytul Haram Ka’baning mavjudligidir. Shuning uchun inson umr davomida bir necha marta hajga borishi shart emas. Farz bo‘lishining shartlari 1. Musulmon bo‘lish. 2. Balog‘atga yetganlik. 3. Aqlli bo‘lish. 4. Ozod (hur) bo‘lish. 5. Hajdan qaytgunicha, qaramog‘idagi kishilarning ehtiyojlaridan tashqari o‘zining barcha safar Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 102 harajatlarini ham qoplaydigan mablag‘ga ega bo‘lish. 6. Dorul harbda yashaydigan musulmonning haj farz ibodat ekanini bilishi. 7. Vujud salomatligi. 8. Yo‘lning xavfsiz (bexatar) bo‘lishi. 9. Safar kamida uch kunlik bo‘lsa, ayollarga mahramining hamroh bo‘lishi. 10. Qamoqqa tushib qolmaslik, oshkora to‘siq yo‘qligi. Sahih ado bo‘lishning shartlari 1. Ihromga kirish. 2. Belgilangan vaqtlar va joylarda amallarni bajarish. Vaqt Hajning vaqti ma’lum haj oylaridir. Ular Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunidir. Ruknlari Hajning ikki rukni bor. 1. Bir lahza bo‘lsa ham, Arafotda vuquf qilish, turish. 2. Ziyorat tavofini ado etish. Tavofning uch turi mavjud: 1. Qudum tavofi. Bu makkalik bo‘lishgan hojilar uchun sunnatdir. 2. Ziyorat tavofi. Bu hajning asosiy shartlaridan bo‘lib, Qurbon hayitining uch kuni mobaynida barcha hojilar tomonidan ado qilinishi shart. 3. Sadar. Bu vado tavofi bo‘lib, haj amallari tamomlangach, Ka’badan ayrilayotganida makkalik bo‘lmagan barcha hojilarga vojib tavofdir. Hajning vojiblari Hajning yigirmadan oshiq vojiblari bor. Quyidagilar shular jumlasidandir: 1. Miyqotdan boshlab ihromga kirish. 2. Qurbon hayitining birinchi kuni tong otgach, kun yorishgunicha bir lahza bo‘lsa ham, Muzdalifada turish. 3. Safodan boshlab, Marvada bitirish sharti bilan Safo bilan Marva orasida yetti marta sa’y qilish (yugurish). Izoh: Safo bilan Marva Makka shahri ichida joylashgan bo‘lib, orasi taxminan 405 metrcha bo‘lgan ikki tepalikdir. Oralaridagi ushbu masofa bugungi kunda ikki tomoni do‘konlardan iborat ko‘chadir. Rivoyat qilinishicha, Ibrohim, alayhissalom, xotinlari Hojar onamiz bilan o‘g‘shiari Ismoilni, alayhissalom, yegulik va suvsiz bugungi Makka shahri joylashgan vodiyga tashlab, o‘zlari Falastinga qaytadilar. Shundan so‘ng yolg‘izlik va chanqoqlikdan siqilgan Hojar onamiz biror bir kishini yoki suv topish umidida bu ikki tepalik orasida yugurib yetti marta u yoqdan-bu yoqqa borib keladilar. Haj asnosida hojilar tomonidan bajariladigan sa’y ibodati ushbu hodisadan qolgan. 4. Makkalik bo‘lmagan hojilarning vido (xayrlashuv) tavofi qilishlari. 5. Qurbon hayiti va tashriqkunlarida shaytonga tosh otish. 6. Soch oldirish yoki qisqartirish. 7. Tikilgan kiyimlarni kiymaslik yoki bosh va yuzni yopish kabi nojoiz harakatlarni qilmaslik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling