Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hajning sunnatlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
103 Qurbonlik qilishni lozim etadigan amallar (hajning) vojiblaridir. 1. Ihromli holda qilinishi taqiqlangan barcha harakatlardan o‘zini chetga olish. 2. Ka’bani tavof qilayotganida junub va betahorat bo‘lmaslik hamda avrat joylarining yopilishi. 3. Baytni har yetti marta aylanganidan so‘ng ikki rakat namoz o‘qish. 4. Har bir tavofni Hatim deb nomlangan joyning (Ka’baning eski poydevori) orqasidan boshlash. 5. Xajarul Asvad qarshisidan boshlab, Baytullohni chap tarafida tutgan holda tavof qilish. Hajning sunnatlari Hajning sunnatlari juda ko‘p bo‘lib, asosiylari quyidagilardir: 1. Ihromga kirishdan avval g‘usl qilish. 2. Ihromga kirayotganida ihromning sunnati niyatida ikki rakat namoz o‘qish. 4. Ihromga kirgach talbiyani ko‘p aytish. 5. Makkalik bo‘lmaganlarningtavofi qudum qilishlari. 6. Tavofni ko‘p qilish. Bu tavof makkalik bo‘lmaganlar uchun nafl namozdan afzaldir. 7. Imomning hajdagi ibodat tartiblarini tushuntirish maqsadida Zulhijjaning yettinchi kuni peshindan so‘ngra, Makkada xutba o‘qishi. 8. Tarviya (Zulhijjaning sakkizinchi) kuni quyosh chiqqach, Makkadan Minoga yo‘l olish va o‘sha tun Minoda qolish. Izoh: Mino Makkadan 6,5 km sharqda joylashgan shaharchadir. "Mino " istak, orzu degan ma’noni anglatadi. Allohning amri bilan Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘illari Ismoilni, alayhissalom, mana shu yerda qurbonlik qilishga kirishgan edilar. 9. Zulhijjaning to‘qqizinchi kuni quyosh chiqqach, Minodan ayrilib, Arafotga chiqish. 10. Iloji boricha xushu’ bilan va yolvorgan holda, ko‘proq duo-iltijoga g‘ayrat qilish. Ihrom Ihrom muayyan (jinsiy yaqinlik, soch va tirnoq olish, xushbo‘ylanish, bosh va yuzni yopish, tikilgan kiyim kiyish, ov qilmaslik va unga undamaslik, daraxt kesmaslik kabi) narsalarni qilmaslikka azm etishdir. Ihromning rukni talbiya aytish (Allohni ulug‘lash), sharti esa niyat qilishdir. Miyqot (Ihromsiz o‘tish mumkin bo‘lmagan joylar) Haj amallari ado etiladigan ma’lum bir vaqtlar bo‘lganidek, uni ado etish uchun yo‘lga chiqqanida ihromsiz o‘tib bo‘lmaydigan joylar ham bor. Haj va umra qilmoqchi bo‘lganlarning bu joylardan ihromsiz o‘tishlari joiz emas. Bu joylar esa quyidagilardir: 1. Madinaliklar va u yerdan kelganlar uchun Zulhulayfa. 2. Iroqliklar va u yerdan kelganlar uchun Zotu Irq. 3. Misrliklar, shomliklar va bu yo‘ldan kelganlar uchun Juhfa. 4. Najdliklar va Najd orqali kelganlar uchun Kornul Manozul. 5. Yamanliklar va Yaman orqali kelganlar uchun Yalamlam ihromga kiriladigan joylardir. Bu joylar miyqot deyiladi. Ushbu miyqot joylariga kelmasdan avval hojilar ihromga kirishlari va hajda taqiqlangan amallarni qilishdan saqlanishlari joiz. Makkaga kirishni xohlagan, makkalik bo‘lmagan hojilarning miyqot joylaridan ihromga kirmasdan o‘tishlari joiz emas. Makkaliklarning ihromga kiradigan joyi Hilldir. Harami Sharifda o‘tirgan kishining haj uchun ihromga kiradigan joyi Harami-Sharif, umra uchun esa, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling