Hajning farz bo‘lish vaqti
Haj hijratning to‘qqizinchi yili farz qilindi, umr davomida bir marta ado etish farz. Sharoit
bo‘lganida kechiktirmaslik lozim.
Hukmi va farz bo‘lishining dalili
Haj islomning besh ruknidan biridir va umr mobaynida bir marta ado etiladigan farzdir. Farzligi
Qur’oni karim bilan sobit. Dalili esa Alloh taoloning ushbu mazmundagi oyati karimasidir: "...va
yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchui mana shu uyni haj qilish burchi bordir..."
(Oli Imron, 97).
Shuningdek, hajning farzligi quyidagi hadis bilan ham sobitdir: "Ey insonlar! Haj sizlarga farz
qilindi, bas, haj qilingiz!" Hajning farzligi masalasida barcha musulmon olim va faqihlar yakdildir.
Shuning uchun inkor qilgan kofir bo‘ladi.
Butun Islom dunyosiga iqtisodiy, siyosiy va diniy hayotlarida behisob foydalar keltirgai hikmatlari
tufayli haj yo‘lga qodir bo‘lganlarga farz qilindi.
Ka’baning qisqacha tarixi
Ka’ba yer yuzidagi eng birinchi ibodatgohdir. Alloh taoloning amri bilan bir farishta, rivoyatlarga
ko‘ra, Jabroil, alayhissalom, tomonidan qurilgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan uning faqat poydevori
qolgan.
Odam, alayhissalom, yaratilgach, Alloh unga eski poydevor ustida Ka’bani qayta qurishni buyuradi.
Keyinchalik Ibrohim, alayhissalom, yana eski poydevor ustiga Ka’bani yangidan quradilar.
Islomiyatga qadar Ka’ba Amalika, Jurhun qabilasi, Payg‘ambarimizning buvalari Qusayy va
nihoyat, Quraysh qabilasi tomonidan turli davrlarda ta’mir qilinadi. Islomiyat davrida esa,
Umaviylardan dastlab Yazid, so‘ngra Abdumalik davrida ikki marta qurshab olinadi va natijada Ka’ba
zarar ko‘radi. Har ikki qurshovdan so‘ng Makka amiri Abdulloh ibn Zubayr, roziyallohu anhu,
tomonidan ta’mir qilinadi.
Endi hajning fazilatlaridan ba’zilarini bayon qilib o‘tamiz:
1. Haj Islomning porloq o‘tmishini eslatadi, musulmonlarningdiniy shuurini uyg‘otadi. Chunki
hajda musulmonlar Allohning uyi Ka’bai muazzamani tavof qila dilar. Ibrohim, alayhissalom,
davrlarini yodga oladilar, namoz o‘qiydilar. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam,
masjidlarida ravzalarini ziyorat qiladilar. Islomning shon-shuhratini yuksaklarga ko‘targan qahramon
sahobalarning qadamjolarini ko‘radilar. Shu sabab ular qalbida Islomga muhabbat kuchayadi, ulug‘
ajdodlardan ibrat olish ishtiyoqi jo‘sh uradi.
2. Haj mo‘minlarning gunohlardan poklanishi Allohning marhamati va barakoti bandalari ustiga
yog‘ilishi uchun bir vasiladir. Chunki ba’zi olimlar aytishlaricha, shunday gunohlar borki, faqat
Arafotdagi vuquf tufayligina Allohularni kechirishi mumkin.
3. Haj oylari musulmon mamlakatlarining turli san’at asarlarini tanituvchi xalqaro ko‘rgazma,
barakotli tijorat mavsumidir.
Nurul Izoh
Do'stlaringiz bilan baham: |