Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Oxirat uchun tayyorlangan zodi rohilalar ichida eng xayrlisi taqvodir".
www.ziyouz.com kutubxonasi
101 Hajda nafaqat vahiy ingan tuproqlarda yashayotgan xalqlarning, balki uzoq diyorlardan kelgan ziyoratchilarning ham katta iqtisodiy manfaatlari bor. 4. Haj ulkan hayot maktabi, ya’ni musulmonlar orasida o‘zaro yordamlashuv va ma’lumot almashinuviga sabab bo‘lgan safardir. Kishi haj safari asnosida ko‘plab mamlakatlar, turli-turli millatlarni ko‘radi. Ularning hayot tarzlari va urf-odatlari bilan tanishadi, ibratlanadi, hayotiy tajribalar orttiradi. 5. Haj kuchli irodaga ega bo‘lgan, Allohning tavfiq va yordamiga chin dildan ishonib, tavakkul qilgan kishilar bajara oladigan bir mashaqqatli ibodatdir. Bu mashaqqatlar hojining axloqini go‘zallashtiradi, qo‘polligini ketkazib, unga oddiy imkonlar bilan yashashni, kamtarlikni, sabr- bardoshli bo‘lishni o‘rgatadi. 6. Haj boyu kambag‘al, amaldor-xizmatchi hammasi ham Allohning ojiz bandalari ekanini ko‘rsatuvchi, haqiqiy tenglik va birodarlik ko‘zgusidir. Chunki hajda barcha hojilar dunyo va uning ziynatlaridan qalban uziladilar, barcha bir xil libos — ihrom kiyib, yaxshi so‘zlarni aytib, xuddi bir insondek oydin tuyg‘ularga to‘lgan qalb bilan yagona Allohtaologa yolvoradi. Hech kim o‘zini dunyoviy martabasi va boyligi tufayli boshqalardan afzal ko‘ra olmaydi. Faqat taqvodagina ba’zilari ba’zilaridan ustun bo‘lishi mumkin. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, aygganlaridek: "Arab ajamga nisbatan faqat taqvo jihatidan fazilatli bo‘lishi mumkin". Hammaning kiygani ihrom barcha musulmonlar orasidagi haqiqiy tenglikka ishorat qiladi. Ayni paytda insoniyatga bu dunyo va uning go‘zalliklaridan ayirib, narigi dunyoga yuzlangan dastlabki holatni eslatadi. Chunki kishi qabrga ham ihromga juda o‘xshash matoga o‘ralib ketadi. Bu esa, kishi solih amallar bilan oxiratga tayyorgarlik qilishga tashviq qiladi. Oyati karimada aytilganidek: "Oxirat uchun tayyorlangan zodi rohilalar ichida eng xayrlisi taqvodir". 7. Haj butun dunyo musulmonlarini bir davraga yig‘uvchi xalqaro anjumandir. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan millonlab insonlar Islom manfaatlarini ko‘zlab maxsus kunlarda Allohni zikr qilish uchun to‘planadilar. Islomiyat ularning ko‘ngillarini, fikr va tuyg‘ularini birlashtirib turadi. Hojilar hajga kelib bir-birlari bilan tanishadilar, sevishadilar, muammolarini hal qilishda bir- birlariga yordam beradilar. 8. Alloh taolo Qur’oni karimda aytadi, ".. va o‘sha vaqtni eslangizki, Biz bayt (Ka’ba)ni insonlar uchun savob qozonish va himoyalanish joyi qildik". Harami Sharifda nafaqat insonlar, balki hayvonlar ham xavfsizlik va huzur ichida bo‘ladilar. Bu jihatdan dunyoda Haramga teng keladigan makon yo‘q. Rivoyat qilinishicha, Hazrati Umar, roziyallohu anhu: "Ka’bada otam Xattobning qotilini ushlab olsam, u yerdan chiqqunicha (unga) qo‘limni tekkizmayman", degan ekanlar. 9. Haj Allohtaoloning insonlarga bergan ne’matlariga bir shukronadir. Chunki Alloh insonlarga sihat-salo-matlik, zaruriy ehtiyojlaridan tashqari mol-davlat va yana ko‘plab ne’matlar bergan. Shunday bo‘lgach, Alloh bergan ne’matlarga shukr qilish farzdir. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling