Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Tijorat mollarining zakoti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
Tijorat mollarining zakoti Tijorat mollari oltin va kumushdan tashqari savdo-sotiq uchun tayyorlangan yoki savdo uchun ishlab chiqarilgan mollardir. Bularning tujjor qo‘lida bo‘ltan jami qismining qiymati oltin, kumushning nisob miqdoriga yetsa, zakot berish farz bo‘ladi. Jami mikdor hisoblanayotganida alohida-alohida turdagi mollarning qiymati bir-biriga qo‘shib hisoblanadi. Tijorat mollarining zakotini berish uchun ikki narsa shart bo‘ladp: 1. Bir yil davomida (mazkur mollarning) tijorati bilan shug‘ullanishga niyat qilish. 2. Tijorat mollarida zakot berishga to‘siq bo‘lmasin. Bu shunday: birinchidan tijorat niyagi savdo vaqtida bo‘lishi kerak, ikkinchidan, bir narsadan ikki bor zakot berishga olib kelmasin. Bir yerni tijorat uchun sotib olib, unga eksa, yerdan chiqqan hosilning ushri beriladi. Yer qiymatidan zakot berilmaydi. Tijorat mollari faqirlarning manfaatlariga eng mos bo‘lgan narsaning qiymati bilan narxlanadi. Ya’ni tijorat mollarining narxi oltin yoki kumushdan birining, nisob miqdorini to‘ldirib, ikkinchisiga ko‘ra; to‘ldirmasada, birinchisiga qarab mollar narxlanadi va zakoti beriladi, ikkinchisiga e’tibor Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 95 qilinmaydi. Dehqonchilik mahsulotlari va mevalarning zakoti Yerlar ushr va xirojga bog‘lanishiga ko‘ra, ikkiga ajratiladi: 1.Ushrga tobe bo‘lgan yerlar. Xalqi o‘z xohishi bilan musulmon bo‘lgan yoki davlat rahbari tomonidan (fath qilingan), fath qilgan askarlarga bo‘lib berilgan yoki ushr berigli hadis bilan (Hijoz kabi) va sahobalarning ijmosy bilan (Basra kabi) sobit bo‘lgan joylar. 2.Xiroji beriladigan joylar musulmonlar tomonidan fath qilingan yoki sulh bilan qo‘lga kiritilgan va mahalliy xalqning ixtiyorida qoldirilgan yerlardir. Quyidagi shartlar jam’ bo‘lganida. ushr berilishi lozim bo‘lgan tuproqlarda (yetishtirilgan hosilning) o‘ndan biri faqirlarga beriladi: 1. Tuproqni yilning aksar qismida yomg‘ir va sho‘nga o‘xshash suvlar bilan sug‘orish. Paqir va shunga o‘xshash narsalar vositasida sug‘orilgan yerlar hosilidan yigirmadan biri zakot qilib beriladi. 2. Mahsulot tuproqdan daromad va foyda olish maqsadida ekilgan ekinnnng mahsuli bo‘lishi kerak. Qasddan jilmagan o‘t-o‘lan va daraxtlar bunga kirmaydi, ya’ni zakot berilmaydi. Yerning xarajatlari chiqarib tashlanmaydi. Shuningdek, mahsulotlar olinganidan so‘ng, bir yil o‘tishi, iisob miqdorining to‘ldirilishi shart emas. Yerdan olingan hosil qancha bo‘lishidan qat’i nazar, undan ushr beriladi. Xirojiy yerlardan olinalshan soliqning miqdori davlat rahbari bilan mahalliy aholi orasilagi kelishuvga qarab belgilanadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling