Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Qo‘ylarnnng zakoti
1. Qirqtadan oz bo‘lgan qo‘ylar uchun zakot berilmaydi. 
2. Qirqtadan 120 tagacha bo‘lgan qo‘ylar uchun bitta qo‘y zakot beriladi. 
3. 121 tadan 200 tagacha qo‘ylar uchun 2 ta qo‘y beriladi. 
4. 201 tadan 400 tagacha qo‘ylar uchun 3 ta qo‘y beriladi. 
5. 400 bosh qo‘y uchun esa 4 ta qo‘y beriladi. 
6. 400 donadan ko‘p bo‘lgan qo‘ylarda, har yuz bosh uchun 1 ta qo‘y beriladi. 
7. Echkilardan zakot berish, qo‘ylardan zakot berish kabidir. Ulardan ikki yoshga o‘tganlari zakot 
qilib beriladi. 
Oltin va kumushning zakoti Nisob miqdoriga yetganidan so‘ng oradan bir yil o‘tgach, tanga 
holiga keltirilmagan bo‘lsa ham, oltin va kumush uchun zakot berish farzdir. 
Kumushning nisobi


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
Kumushning nisobi 200 dirhamdir. Bu 140 misqol og‘irlikdagi kumushdir. 1 misqol 4 gr. 
140 m • 4 = 560 gr. Shar’iy bir dirham og‘irligi 2,8 gr. deganlar bor. Ba’zilar shar’iy dirhamni 
3,365 gr. degan. Shunday hisobga ko‘ra, 200 • 2,8 = 560 gr. 200 • 3,365 = 673 gr. Har 10 dirham 7 
misqol. 1 dirham 2,8 gr. 1 misqol 4 gr. 
Oltinning nisobi
Oltinning nisobi 20 misqoldir. 
1. Nisob miqdoriga yetgan kumush yoki oltin qiymatiga teng pulga ega bo‘lgan kishi, bu pulning 
qirqdan birini zakot o‘laroq berishi lozim. 
2. Yigirma misqol oltinning qirqdan biri yarim misqol, ikki yuz dirham kumushning qirqdan biri 
esa besh dirhamdir. 
Qarzlarning zakoti
 
Qarzlar uch turlidir: 
1. Kuchli qarz. 
2. O’rtacha qarz. 
3. Zaif qarz. 
Kuchli qarz kasodga uchragan bo‘lsa ham (qarzini) inkor qilmagan yoki inkor qilsa ham, qarzligiga 
(guvoh, vekselga o‘xshash) hujjat ko‘rsatgan kishiga sotilgan molning yoki qarzga berilgan pulning 
badalidir, bularning zakoti mol nisobga yetgach bir yil o‘tsa, beriladi. 
O’rtacha qarz sotilgan eski kiyim-bosh, xizmatkor va shunga o‘xshash kishining asosiy 
ehtiyojlariga aloqador bo‘lgan va tijorat moli hisoblanmaydigan narsalarning badalidir. Bunday 
qarzdan hukmi, nisobga yetadigan miqdori qarzdordan olinmagunicha, zakot berilmaydi. Bunday 
mollarda (bir yil o‘tish shartining muddati) ular sotilgan kundan boshlab hisoblanadi. 
Zaif qarz mahr, vasiyat, tovonga o‘xshash mulk bo‘lmagan narsalarning badalidir. Ya’ni, ayol 
eridan oladigan mahr, bir kishiga berilishi vasiyat qilingan, hali unga yetib bormagan pul, hali 
vorislarga to‘lanmagan tovon pullaridir. Bunday qarzlardan nisobga yetadigan miqdori olingach, 
oradan bir yil o‘tmagunicha, zakot berish lozim bo‘lmaydi. Bu hukm qo‘lida nisob miqdoridagi yil 
to‘lgan pul bo‘lmagan holatdadir. Agar qo‘lida nisob miqdoriga yetadigan mol bo‘lib, unga yil to‘lgan 
bo‘lsa, yuqorida aytilgan qarzlardan olgan miqdorni unga qo‘shib hammasidan zakot beradi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling