Sinfi 2 “A” Fan: Matematika
Download 54.5 Kb.
|
2 sinf matematikadan bir soatlik dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi Mustahkamlash Dars usuli
- Darsning borishi Reja
- Mavzu: To`rtni ko`paytirish va 4 ga bo`lishga doir misollar yechish
- 656- masala. Daraxtning shoxida 8 ta qush qo`nib turgan edi. Bir nechta qush uchib ketgandan keyin 3 ta qush qoldi. Nechta qush uchib ketgan 657- tenglama
- Uyga vazifa 660- 661-misollar
Sinfi 2 “A” Fan: Matematika To`rtni ko`paytirish va 4 ga bo`lish Bir soatlik dars ishlanmasi Darsning maqsadi: A) ta`limiy Har qanday sonni 4 ga k`opaytirishva 4 ga bo`lishini o`rgatish. B) tarbiyaviy O`quvchilarga matematika sirlarini o`rganishga havas uyg`otish. Ona Vatanga mahr-muruvvat uyg`otish. C) rivojlantiruvchi O`quvchilarga 4 ga ko`paytirish va 4 ga bo`lishni o`rgatish D) davlat ta`lim standartlariga asosan ta`lim mazmuning majburiy minimumi Bilimlar : 4 ga ko`paytirish va 4 ga bo`lish bilimi hosil qilish. Ko`nikma : O`quvchining fikrlash faoliyatini aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o`stirish Malaka : 4 ga ko`paytirish va 4 ga bo`lish malakasi hosil qilish; Dars turi Mustahkamlash Dars usuli Dars jihozi: 2-sinf matematika darsligi; Ko`paytirishga doir ko`rgazma Tarqatma materiallar Darsning borishi Reja: 1.Matematik maqolalar aytish. 2.O`tilgan mavzuni takrorlash. 3.Matematik diktant. 4.Yangi mavzuni tushuntirish. 5.Guruh sardorlari bellashuvi. 6.Mustahkamlash. Doskaga guruhlar raqami yoziladi. Matematik maqollar aytiladi. Sanamay sakkiz dema. Etti o`lchab bir kes.Bilagi zo`r birni yiqitar. Bilimi zo`r mingni yiqitar. Bir yigitga yetmish hunar oz. Yer haydasang kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda. O`tilgan mavzuni o`rganish. Yo`naltiruvchi savollar. Guruhlarga alohida vazifa beriladi: 1-guruh 2-guruh 3-guruh 4-guruh 6 x 4 = 9 x 2= 5 х 3 = 4 х 3 = 24 :4 = 18 : 9 = 15 : 5 = 12 : 3 = 39-29= 53-36= 61-48= 57-28= 4 x 4 = 4 : 4 = 12 : 4 = 24 : 4= Noto`g`ri echilgan misollar o`quvchilarga bo`shliq hosil qilgan hisoblanadi. Shu paytning o`zidanoq misol beriladi. Mavzu: To`rtni ko`paytirish va 4 ga bo`lishga doir misollar yechish Matematik diktant. 1. Beshdan to`rt marta. Uchdan to`rt marta Oltidan besh marta 2. Sakkizni bo`ling ikkiga O`nni bo`ling beshga O`n to`rtni bo`ling ikkiga 3. 1 dm necha sm 1 m nesha sm 2 dm necha sm O`quvchilar o`zlari qalam bilan baholashadi, natijani o`qituvchi aniqlaydi. Harakatli o`yin bajariladi Ko`p yozdi qo`llarimiz, Ham charchab ko`zlarimiz Bir, ikki, uch. To`plab oldik kuch Yecholmayman demagin, Qiyin bo`lsa masala Yalqovlarga bo`lmaydi Ishlagani havsala. 656- masala. Daraxtning shoxida 8 ta qush qo`nib turgan edi. Bir nechta qush uchib ketgandan keyin 3 ta qush qoldi. Nechta qush uchib ketgan? 657- tenglama X + 23 = 69 20 – X = 3 2 x X = 18 X : 3 = 6 658-masala. Bor edi – 45 ta Ketdi – 3 ta va 2 ta Qoldi - ? Qolgan a`zolarga klaster usuliga oid vazifalar beriladi: amallar belgilari, raqamlar, uzunlik o`lchovlari, vaqt o`lchov birliklari geometric shakllar. Har misolni yechmoqqa, Sen doimo tirishgin Yecholmasang ilk marta Yana takror kirishgin Guruh sardorlari va guruh a`zolari bajargan vazifalar tekshirilib baholandi. Uyga vazifa 660- 661-misollar Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling