Toshkent moliya instituti «bank ishi» kafedrsi pul va banklar fanidan
Download 33.84 Kb.
|
Foiz stavkasi va uning turlari To\'laganova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent – 2022 FOIZ STAVKASI VA UNING TURLARI Reja
- “kredit foiz stavkasi”
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI «BANK ISHI» KAFEDRSI PUL VA BANKLAR FANIDAN TOPSHIRIQ Bajardi: ILXKM-90 guruh talabasi TO’LAGANOVA RUHSHONA FARRUX QIZI Tekshirdi: MIRZAYEVA M. G‘. Toshkent – 2022 FOIZ STAVKASI VA UNING TURLARI Reja: Foiz stavkasi,uning mohiyati va ahamiyati. Foiz stavkasining tasniflanishi. Kredit bahosi kreditorning ssudadan foydalanganligi uchun qarzdordan oladigan foiz toʻlovi yoki foiz stavkasi boʻlib, moliya-pul bozoridagi talab va taklif asosida bank tomonidan oʻrnatiladi . Kredit foiz stavkasining quyi va yuqori chegarasi boʻlib, uning yuqori chegarasi kreditdan foydalanish natijasida olinadigan oʻrtacha foyda miqdoridir. Kredit foiz stavkasining quyi chegarasi bankning kredit berishdan olishi mumkin boʻlgan minimal foydasi hisoblanadi. Chunki foiz stavkasi quyi chegarasining boʻlmasligi mablagʻ egalarining mablagʻlarni joylashtirishidan manfaatdor boʻlmasligini anglatadi. Ssuda deganda bankdan pul shaklida berilgan kredit tushuniladi. Ssuda foizi (protsenti) kreditning toʻlovlilik tamoyilidan kelib chiqadi. Iqtisodiy adabiyotlarda “ssuda foizi”, “qarz foizi”, “kredit foiz stavkasi”, oddiygina “foiz” yoki “protsent” kabi atamalar uchrab turadi. Ularning barchasi bir xil maʼnoni bildiradi. Ssuda foizi deganda kreditga olingan mablagʻlardan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, ssuda foizi kreditning bahosidir. Ssuda foizi beriladigan kredit summasiga nisbatan avvaldan foizlarda belgilanadi. Ssuda foizi darajasi esa ssuda foizi summasining qarz mikdoriga nisbati bilan aniqlanadi. Ssuda foizi quyidagi vazifalarni bajaradi: Ssuda foizi kredit oluvchining ishlab chiqarish resurslari va qarzga olingan mablagʻlardan unumliroq foydalanishga undaydi. Sababi, ssuda foizi summasi kredit oluvchi olgan daromad hisobidan toʻlanadi. Shu tufayli kredit oluvchi koʻproq daromad olishga harakat qiladi. Ssuda foizi olinadigan kredit miqdorini chegaralab qoʻyadi. Sababi, kredit oluvchi qancha koʻp qarz olsa, shuncha koʻp ssuda foizi toʻlaydi va aksincha, qancha kam olsa, shuncha kam toʻlaydi. Shuning uchun kredit oluvchi oʻziga zarur boʻlgan eng kam miqdordagi qarz olishdan manfaatdordir. U nisbatan kamroq mablagʻ sarflab, koʻproq daromad olishga intiladi. Ssuda foizi banklar va boshqa Maxsus moliya-kredit muassasalarining asosiy daromad manbai hisoblanadi. Ular tomonidan jalb etilgan mablagʻlar, yaʼni depozit va omonatlar uchun toʻlovlar ham ana shu ssuda foizi hisobidan amalga oshiriladi. Kredit bahosi kredit xizmatlarini koʻrsatishda bank va mijoz oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq, bank tomonidan belgilangan qoʻshimcha toʻlovlarni ham oʻz ichiga oladi. Mazkur yondashuv boʻyicha kredit bahosi hisoblanishini quyidagi formulada ifoda yetamiz: Download 33.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling