3. Kredit bahosining tartibga solish funksiyasi. Kredit bahosining ushbu funksiyasi orqali butun iqtisodiy munosabatlar tartibga solinadi. Kredit bahosining bozor tamoyillari asosida shakllanishiga qaramasdan qator omillar (valyutani tartibga solish xususiyatlari, davlatning ayrim tarmoqlaridagi ulushining yuqori saqlanishi) kredit foiz stavkasining tartibga solish funksiyasini amal qilishiga toʻsiq boʻladi. Kredit bahosining tartibga solish funksiyasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz va qarz mablagʻlaridan samarali foydalanishini taʼminlaydi.
Iqtisodiyotda kreditga boʻlgan talabning oʻsishi bank depozitlari salmogʻining oʻsishiga muvofiq boʻlishi kerak. Bu esa, oʻz navbatida, banklar tomonidan depozitlarga boʻlgan talab va taklif muvozanatga kelguncha davom etadi. Aksincha iqtisodiyotda kreditga boʻlgan talabning pasayishi oqibatida banklarning kredit qoʻyilmalari hajmi qisqaradi va natijada kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar hajmi kamayadi. Kredit foiz stavkasi ahamiyatining oshishi uning tartibga solish funksiyasi yuzaga chiqishi natijasi bilan izohlanadi. Kredit foiz stavkasining oʻzgarishi butun iqtisodiyotga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Agar kredit foiz stavkasi talab va taklif asosida shakllanadigan boʻlsa, iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslari va moliya bozorlaridagi muvozanat toʻlaligacha taʼminlanadi.
4. Kredit bahosining himoyalash funksiyasi orqali kreditlarning foizi tijorat banki mablagʻlarini inflyatsiya yoki boshqa salbiy taʼsirlardan himoyalaydi. Bunday sharoitda bank operatsiyalari boʻyicha foizlar va uning darajasi taʼsir qiluvchi iqtisodiy omillar taʼsiridan kelib chiqib aniqlanadi.
2. Foiz stavkasining tasniflanishi.
Kredit foiz stavkalari hisoblash usuliga muvofiq oddiy va murakkab foiz stavkalariga boʻlinadi. Oddiy foiz stavkasida foizlarni hisoblash asosiy qarzning qoldiq summasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Murakkab foiz stavkasida esa, hisoblangan foizlar asosiy qarz qoldigʻiga qoʻshilib foizlar hisoblanadi.
Toʻlash shakliga koʻra, foizlar
Do'stlaringiz bilan baham: |