Toshkent moliya instituti «bank ishi» kafedrsi pul va banklar fanidan


Download 33.84 Kb.
bet2/4
Sana20.03.2023
Hajmi33.84 Kb.
#1285154
1   2   3   4
Bog'liq
Foiz stavkasi va uning turlari To\'laganova

R=Dr+Do+P+S+A ;
Bu yerda:
Rbank krediti bahosi;
Dr – bankning jalb qilingan resurslari bahosi;
Do - tijorat banki operatsion xarajatlari qismi;
P - kredit riski boʻyicha ustama;
S - bank marjasi;
A- bank tomonidan belgilanadigan qoʻshimcha toʻlovlar.
Tijorat banklarida kredit bahosi shakllanishiga bankning jalb qilgan resurslari bahosi, operatsion xarajatlari, jumladan, xodimlarning ish haqi xarajatlari, kreditni rasmiylashtirish, hisobvaraq ochish, kredit monitoringi, kreditlar boʻyicha tashkil qilinishi mumkin boʻlgan maxsus zaxiralar bilan bogʻliq boshqa xarajatlar sezilarli taʼsir etadi. Shu bilan birga, tijorat banklari kredit portfeli tahlili asosida riskli tarmoqlar aniqlanishi va kredit riski boʻyicha ustamaning kredit bahosi shakllantirilishida hisobga olinishi maqsadga muvofiq.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank kredit bahosi oʻziga xos funksiyalarni bajaradi.


1. Kredit bahosining taqsimlash funksiyasi orqali jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyoridagi vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlari yigʻiladi va ular resurslarga talabi boʻlgan subyektlar foydasiga taqsimlanadi. Bunda moliyaviy vositachilar past foiz stavkada jalb qilingan mablagʻlarni yuqori foiz stavkada daromad keltiruvchi aktiv operatsiyalarga joylashtiradi. Tijorat banklari jalb qilingan resurslarga oʻz marjasini qoʻshgan holda resurslar bahosini belgilaydi. Bundan tashqari, davlat byudjet mablagʻlari va tashkil etilgan jamgʻarmalar hisobidan kredit resurslari maʼlum tarmoq yoki sohalarga taqsimlanib, ular faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2. Kredit bahosining ragʻbatlantirish funksiyasi. Kredit bahosining ragʻbatlantirish funksiyasi kreditor yoki qarz oluvchi nuqtai nazaridan ikki xil izohlanishi mumkin. Bunda ikkala tomonni ragʻbatlantirish quyidagicha tushuntiriladi:
– boʻsh turgan mablagʻ egasi oʻz mablagʻini daromad olishga yoʻnaltiradi, yaʼni vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini bankka yoki boshqa bir sohaga yoʻnaltirish orqali foyda olishga ragʻbat beradi;
– qarz oluvchi olinadigan kreditni foyda olish maqsadida maʼlum muddatga olib, uni tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirish va yuqori daromad olishga harakat qiladi. Ushbu funksiya asosida ishlab chiqarishni va ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish maqsadida maxsus davlat dasturlari asosida imtiyozli foiz stavkalarini qoʻllash orqali amalga oshirilishi mumkin.

Download 33.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling