Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Ma’dan va yerosti boyliklarining zakoti


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

 Ma’dan va yerosti boyliklarining zakoti
 
Yerosti boyliklari. kofirlar ko‘mgan xazinalar shar’an ma’dandir. 
Ma’danlar uch turga bo‘linadi: 
I. Olovda eriydigan ma’danlar. 
II. Suyuq ma’danlar. 
III. Bu ikki turga kirmaydigan ma’danlar. 
1. Olovda eritib quyiladigan oltin, kumush, temirga o‘xshash ma’danlarning beshdan bprini zakotga 
ajratish lozim. Bu hukm "Bilingki, o‘lja qilib qo‘lga kiritgan boyliklaringiz..." mazmunli oyati 
karimada bayon qilingan. Zakot yetimlarga, kambag‘allarga va yo‘lda qolib ketgan musofirlarga 
beriladi. 
2. Yer ostidan chiqarilgan moddalarning beshdan biri berilgach, qolgan 4/5 qismi agar ushbu 
ma’danlar egasiz, sahroga o‘xshash joylardan topilgan bo‘lsa, topgan kishiniki bo‘ladi. 
3. Agar xazinada islomiyatdan avvalgi davrga oidligini ko‘rsatuvchi biror belgi bo‘lsa, xazinaning 
beshdan birini berish lozim. 
4. Agar topib olingan xazina islomiyat davriga oid tanga pullar bo‘lsa, topib olingan mol hukman 
luqota kabidir (ya’ni egasi chiqsa, unga qaytariladi). 
5. Agar xazinadagi pullar qaysi davrga oid ekanligi noma’lum bo‘lsa, (bu pullar) Islomdan avvalgi 
davrga oid deb hisob qilinadi. 
6. Ma’dan bir kishining mulki bo‘lgan joydan topib olinsa, 1/5 qismi davlatga, qolgani esa yer 
egasiga beriladi. 
7. Qora mum va neftga o‘xshash suyuq ma’danlar uchun zakot berilmaydi. Faqat bundan daromad 
olayotgan kishi zakot beradi. 
8. Olovda erimaydigan hamda suyuq bo‘lmagan ohak toshi va (olmos, marvarid kabi) javhar 
ma’danlarining hukmi qora mum va neft kabidir, ulardan zakot berilmaydi. 
9. Dengizdan chiqarilgan anbar, marvarid va boshqa shunga o‘xshash narsalar uchun zakot 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
berilmaydi. Faqat tijorat maqsadida chiqarilsa, boshqa tijorat mollaridap aj-ratilgan tarzda zakoti 
beriladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling