Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
97
(ya’ni jihodga yoki hajga ketayotganlarga)
hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur. Allohim bilim va
hikmat sohibidir" (Tavba, 60, mazmuni).
1. Faqirlar. Nisob miqdoricha mablag‘i bor yo nisob miqdoricha mablag‘i
zaruriy ehtiyojlariga
sarflangan kishilar.
2. Kambag‘allar. Hech narsasi yo‘q, faqirdan ham muhtoj.
3. Sadaqa to‘plovchi kishilar. Ular davlat rahbari tomonidan zakot va sadaqalarnn (xalqdan)
yig‘ish topshirig‘i berilgan kishilardir. Badavlat bo‘lsalar ham. Vazifalari sababli ularga zakot
mollaridan bir miqdor beriladi.
4. Qalblari (Islomga) og‘dirilishi zarur bo‘lganlar:
Bular Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam:
a) musulmonlikni tanlab, Allohga imon ksltirishlarini;
b) dinga zarar
berishlarining oldini olishni;
v) imonlarini kuchaytirib, haqiqiy musulmon bo‘lishlarini xohlagan kishilardir.
5. Mukotablar, ya’ni ma’lum mol evaziga ozod bo‘lishlari xususida xo‘jayinlari bilan shartnoma
tuzgan kishilar.
6.
Qarzdorlar, ya’ni, qarzini to‘lashdan ojiz bo‘lgan
kishilar
7.
Alloh yo‘lidagilar. Bular hayotlarini Alloh yo‘lida kurashga bag‘ishlab, Islom dini shuhrati
yuksalishi uchun xizmat qilgan faqir askarlar.
8. O’z diyoridan (va u yerdagi) mulkidan uzoqqa ketib, (ularni keltirishdan ojiz bo‘lgan)
musofirlar.
Mana shular zakot beriladigan kishilardir. Zakot beradigan kishi zakotini
ushbu sakkiz toifaning har
biriga bo‘lib berishi yoki qaysi toifadan bo‘lmasin, yolg‘iz bir kishiga yoki ularning bir qismiga berishi
lozim.
Zakotni Bani Hoshimga va ularning qullariga,
ota-onasiga, bobo-momosiga, o‘g‘il-qiziga, nevara-
chevarasiga,
xotiniga, kofirlarga va masjid-madrasalar qurilishiga berib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: