Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Vojib bo‘lishning shartlari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Vojib bo‘lishning shartlari
 
Fitr sadaqasi beradigan kishi musulmon va hur bo‘lishi, zaruriy ehtiyojlardan ortiqcha nisob 
miqdoridagi mulkga ega bo‘lishi lozim. Mazkur nisob miqdoridagi mulkning ko‘payuvchi bo‘lishi 
yoki oradan bir yil o‘tgan bo‘lishi shart emas. 
Vojib bo‘lishining vaqti
Ramazon hayitining birinchi kuni tong otishi bilan fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. Bu vaqtdan 
avval vafot etgan yoki faqir bo‘lib qolgan, (tong otganidan) so‘ng musulmon bo‘lgan, tug‘ilgan yoki 
badavlat bo‘lgan kishining fitr sadaqasi berishi shart emas. 
Fitr sadaqasini hayit kunidan avval yoki keyin berish joizdir hayit namoziga chiqmasdan avval 
berish mustahabdir. Fitr sadaqasining berilishi vojib bo‘lgach, mulkning yo‘qolishi fitr sadaqasi berish 
majburiyatini bekor qilmaydi. 
Fitr sadaqasini berish joiz bo‘lgan narsalar
Quyidagi to‘rt (xil) narsadan fitr-sadaqasi berish mumkin: bug‘doy, arpa, xurmo, mayiz. 
Fitr sadaqasining vojib bo‘lgan miqdori
Bug‘doydan, bug‘doy unidan yoki qovurilgan bug‘doy unidan yarim so’ — 1,664 kg, arpa, xurmo 
va mayizdan bir so’ yoki 3,328 kg. berilishi lozim. 
Bu narsalarning qiymatini berish joiz va faqirlarga foydaliroq bo‘lsa, yanada fazilatlidir. 
 
O’tilgan darslarni takrorlash 
Quyidagi savollarga puxta o‘ylab, javob bering: 
1. Zakotning ta’rifini, hukmini, farz bo‘lish shartlarini, sababini va ruknini aytib bering. 
2. Zakotning farzlarini, adosi va berilishining sahih bo‘lishi shartlarini sanab bering. 
3. Zakot berilishi lozim bo‘lgan mollarni sanang. O’tlaydigan hayvonlarni, ularning necha qismga 
bo‘linishini, qachon ulardan zakot berish lozimligini tushuntirib bering. 
4. Tuya, sigir va qo‘ylarning zakotini aytib bering. Otlarning zakoti haqida ma’lumot bering. 
5. O’zbek puliga binoan oltin va kumushning zakotini tushuntiring. 
6. Qarzni qismlarga bo‘lib, har birini izohlang va hukmlarini ayting. 


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling