Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
Otlarning zakoti
Ot, eshak, xachir, qo‘zi, (bir yoshga to‘lmagan) tuya va buzoqlar uchun zakot berilmaydi. Otlar 
uchun zakot berilmasligi sohibayn — Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘radir. 
Imomi A’zamga, rahmatullohi alayh, ko‘ra otlar ikkiga ajratiladi: o‘tlab, rizqini topgan otlar 
(soima), yem berib (uyda) boqilgan otlar (olufa). Bu ikki qism otlar o‘zaro yana ikkiga bo‘linadi: 
tijorat uchun qo‘llanilgan otlar, tijorat uchun qo‘llanilmagan otlar. 
Tijorat maqsadida foydalanilgan otlardan xoh o‘tlaydigan, xoh yem yeydigan bo‘lsin, zakot berish 
lozim, chunki bu otlar tijorat moli hisoblanadi. Agar otlardan tijoratda foydalanilmasa, unda yana 
ikkiga bo‘linadi: yuk tashish va minish uchun foydalanilgan otlar, bunday maqsadda foydalanilmagan 
otlar. Yuk tashish va minish maqsadida qo‘llanilgan otlar uchun, xoh yem yeydigan, xoh o‘tlaydigan 
bo‘lsin, zakot berilmaydi. Agar bunday maqsadda foydalanilmasa, unda ham ikkiga ajratiladi: 
o‘tlaydigan va yem berib boqiladigan otlar. Agar yem berib boqiladigan ot bo‘lsa, zakot berilmaydi. 
O’tlaydigan otlar suti uchun yoki ko‘paytirish uchun boqilayotgan bo‘lsa, ular xam ikkiga bo‘linadi: 
erkak otlar, biyalar. Bularning har biri ham ikkiga bo‘linadi. Agar otlar sof arab otlaridan bo‘lsa, egasi 
xohlasa, ot boshiga bir dinor, xohlasa, otlarning jami qiymatini xisoblab, ikki yuz dirhami uchun besh 
dirham (2,5 foiz miqdorda) zakot beradi. 
Agarda suti uchun yoki ko‘paytirish maqsadida boqilayotgan otlar arab otlaridan bo‘lmasa, 
faqatgina qiymati hisoblanib, har ikki yuz dirhamidan besh dirham zakot beriladi. 
Sigirlarning zakoti
1. O’ttiz boshdan kam bo‘lgan sigirlar uchun zakot berilmaydi. 
2. Sigirlar soni 30 taga yetgach, zakoti ikki yoshga o‘tgan bir dona urg‘ochi yo erkak buzoqdir. 
3. Sigirlar soni 40 taga yetgach, uch yoshga o‘tgan bitta urg‘ochi yoki erkak buzoq beriladi. 
4. Oltmishta sigir uchun ikki yoshga o‘tgan ikkita erkak yoki urg‘ochi buzoq beriladi. 
5. Yetmishta sigir uchun bir dona ikki yoshga o‘tgan erkak buzoq bilan uch yoshga o‘tgan urg‘ochi 
buzoq beriladi. 
6. Bundan oshgan har o‘n bosh sigir uchun yo bitta ikki yoshga o‘tgan erkak buzoq yo uch yoshga 
o‘tgan urg‘ochi buzoq almashlab qo‘shib beriladi. Qo‘toslardan zakot berish sigirlardan zakot berish 
kabidir. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling