Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
86
Uzr (yoki ariza) kishini ro‘za tutishdan to‘xtatadigan omildir. Ro‘za tutmaslikka uzr va ro‘za
ochilsa gunoh bo‘lmaydigan omillar sakkiztadir:
kasallik, musofirlik, ro‘za tutmaslikka majburlanish,
homiladorlik,
emizuvchi ayol, ochlik, suvsizlik, o‘ta qarilik.
1. Bemor odam kasalligi kuchayishidan yoki tuzalishi kechikishidan ko‘rqsa.
2. Homilador ayol qornidagi bolaning tushib qolishidan yoki o‘zining o‘lib
qolishidan yoki kasal
(betob) bo‘lib qolishidan ko‘rqsa.
3. Emizuvchi ayol o‘zi yoki emizayotgan bolaning kasal yoki akdi zaif bo‘lib qolishidan qo‘rqsa.
Bola o‘z farzandimi yoki boshqa kishining bolasimi, farqi yo‘q. Bu mavzua qo‘rquv o‘tmish
tajribasidan chiqqan xulosaga yoki to‘g‘riso‘z mutaxassis va musulmon
shifokorning tavsiyasiga
asoslanadi.
4. Kishining o‘limga sabab bo‘ladigan suvsizlikka duchor bo‘lishi.
5. Kishi o‘limiga sabab bo‘ladigan shiddatli ochlikka duchor bo‘lganida ro‘zasini ochishi joizdir.
Musofirlik uzri
Tong otmasdan yo‘lga chiqqan yo‘lovchi (musofir) ro‘za tutmasligi joiz,
biroq hamrohlarining
ko‘pchiligi ro‘zador bo‘lsa va ozuqalarini baham ko‘rishsa, ro‘za tutishi fazilatliroq. Hamrohlari ro‘za
tutmasa va uning ro‘zadorligi boshqalarga malol kelsa, ro‘za tutmagani yaxshi.
Vasiyat va qazo (o‘lim)
Bemorlik, musofirlik va shunga o‘xshash sabablar bois ro‘za tutolmagan
hamda uzri tugamasdan
o‘lgan kishiga tutolmagan ro‘zalari uchun kafforat berishni vasiyat qilish vojib emas.
Uzrli bo‘lganlari uchun ro‘za tutolmagan,
uzrlari tuga-gach, ya’ni bemor tuzalgach va musofir
muqim bo‘lgach, tutolmagan kunlarining qazosini (bir kuniga bir kun), tutadilar.
Qazo ro‘zalarni tanaffussiz tutish shart emas.
Qazo ro‘zasini tutib bo‘lmay,
keyingi Ramazon oyiga kelsa, qazoni to‘xtatib, farz ro‘zani tutadi va
qazoni tutg magani uchun fidya bermaydi (qazoni keyin tutib beradi).
Do'stlaringiz bilan baham: