Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Tilovat sajdasi kimlarga vojib, kimlarga vojib emas?


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

 
Tilovat sajdasi kimlarga vojib, kimlarga vojib emas? 
Sajda oyatlaridan birini eshitgan kishiga, eshitishni

qasd qilmagan bo‘lsa ham, tilovat sajdasi vojib 
bo‘ladi.Sajda oyatini o‘qish va eshitish bilan, hayz va nifosdagi ayollarga sajda qilish vojib bo‘lmaydi. 
Imomga iqtido qilgan kishi sajda oyatini o‘qisa, imomga ham, jamoatga ham sajda qilish vojib 
bo‘lmaydi. Faqat imom va jamoat sajda oyatini namoz o‘qimayotgan bir kishidan eshitsalar, namozdan 
so‘ng sajda qilishlari lozim. Bu hodda agar namoz asnosida sajda qiladigan bo‘lsalar, zimmalaridogi 
sajda o‘rniga o‘tmaydi, ammo namozlari ham buzilmaydi. Ishonchli nuqtai nazarga ko‘ra, ma’nosiny 
tushunish sharti bilan, forscha kabi (boshqa tilda) sajda oyati eshitilsa ham, sajda qilish vojib bo‘ladi. 
Uxlayotgan kishidan, yosh boladan, hayz yo nifosdagi ayoldan sajda oyati eshitilganida ham sajda 
qilish vojib. To‘tiqush va aks sadodan eshitilgan sajda oyati tufayli sajda qilish vojib bo‘lmaydi. 
Izoh: Zamonamizda mavjud bo‘lgan radio, televizor va shunga o‘xshash vositalardan Quroni 
karimni tinglash bilan savob qozonilganidek, sajda oyatini eshitish tufayli sajda qilish vojib bo‘ladi. 
Tilovat sajdasiniig vaqti va shakli 
  
1. Namozda sajda oyati o‘qilganida, tilovat sajdasi uchun ruku yo sajda qilish bilan ado etiladi. 
2. Sajda oyatidan so‘ng ikkidan ortiq oyat o‘qimay tilovat sajdasini niyat qilib namozning rukusiga 
borsa va uni niyat qilmasa ham, namozning sajdasini qilsa, tilovat sajdasi o‘rniga o‘tadi. 
3. Kishi imomdan sajda oyatini eshitib, u imomga iqtido qilmasa ham, yoki (sajda oyati o‘qilgan 
rakatdan) boshqa rakatda mazkur imomga iqtido qilsa ham? namozdan so‘ng tilovat sajdasi qiladi. 
4. Imom sajda oyati o‘qigan rakatda hali imom tilovat sajdasini qilmasdan unga iqtido qilgan kishi, 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
imom bilan birga sajda qiladi. Ammo shu rakatda imom o‘qigan oyat sajdasini qilganidan so‘ng, 
imomga iqtido qilsa, tilovat sajdasi qilmaydi. 
5. Namoz asnosida qilinishi lozim bo‘lgan tilovat sajdasi namoz ichida ado qilinmagan bo‘lsa, 
namozdan keyin ado qilinmaydi. Chunki namoz ichida qilinishi lozim bo‘lgan tilovat sajdasi uchun 
shunday ulug‘ daraja borki, namozdan keyingi sajdalar uning o‘rniga O’tmaydi. 
6. Kishi namozdan boshqa payt sajda oyati o‘qib (yoki eshitib) sajda qilgach, ayni joyda namozni 
boshlab, o‘sha oyatni o‘qisa, takror sajda qiladi. Agar avval aytilgan sajdani qilmagan bo‘lsa, 
namozdagi sajda ikkala sajdaning o‘rniga o‘tadi. 
7. Ayni joyda bir sajdai oyatni ikki yoki undan ko‘p bora o‘qigan kishi bir marta tilovat sajdasi 
qiladi. 
8. Faqat boshqa-boshqa joylarda bir sajda oyatini o‘qigan kishi uchun bir marta tilovat sajdasi qilish 
kifoya emas. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling