Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Xavf (qo‘rquv) namozi hukmi va sababi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
Xavf (qo‘rquv) namozi hukmi va sababi
Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 69 Xavf namozini faqat dushman" va yirtqich hayvon oldida yoki suv toshqini va yong‘indan qo‘rqish holatida o‘qish joizdir. Butun jamoat bir imomga ergashishni xoxlasalar, imom Jamoatni ikkiga bo‘ladi. Bir guruhni dushman qarshisida qoldiradi, boshqa guruh bilan namoz o‘qishni boshlaydi. O’qiladigan farz namoz ikki rakatli bo‘lsa bir, to‘rt (yoki uch) rakatli bo‘lsa, ikki Rakat o‘qiganidan so‘ng, birinchi jamoat dushman oldiga boradi. Ularning o‘rniga ikkinchi guruhkelib, imomga ergashadi. Imom namozning qolgan qismini o‘qib, yakka o‘zi salom beradi. Ikkinchi guruh dushman oldiga qaytgach, bn-rinchi guruh o‘rinlariga qaytib, Qur’on o‘qimasdan namozlarini tugatadilar, salom berib dushman oldiga qaytadilar. Ikkinchi jamoat ham namozning qolgan qismini joylariga qaytib yoki dushman qarshisida, xoliroq joyda o‘qib tugatadi. Izoh: Namozlarining ikkinchi qismini yolg‘iz o‘qiydigan paytda birinchi guruh lohiq, ikkinchisi masbuq edi, shuning uchun birinchi guruh namozning ikkinchi qismida Qur’on (qiroat qilmaydi) o‘qimaydi, ikkinchisi o‘qiydi. Ma’lumki, masbuq namozning boshida imomga yetisholmagan kishidir. Bu kishi imomning salomidan so‘ng namozning yetisholmagan qismini o‘zi qiroat bilan o‘qib tugatadi. Uholda, hukmga ko‘ra, masbuq holatida bo‘lgan ikkita jamoat namozning imom bilan o‘qilmagan qismini qiroat qilib tamomlaydi. Lohiq esa, namozni imomga ergashib boshlagan bo‘lsa ham, qandaydir sabab bilan namozning boshqa qismini imom bilan o‘qimagan kishidir. Bu kishi imomning salomidan keyin, namozning o‘qilmagan qismini qiroatsiz tugatadi. Birinchi guruh namozning birinchi qismini o‘qib, dushman oldiga qaytganiga ko‘ra, namozning ikkita qismini o‘qish chog‘ida lohiq hukmida bo‘ladi. Shuning uchun qiroat qilmaydi. 1. Kuchli qo‘rquv chog‘ida hamma ot-ulov yoki shunga o‘xshash vosita ustida kuchi yetgan tomonga qarab, namozni imo-ishora bilan yakka-yakka o‘qiydi. 2. Xavf namozi do‘shman bilan yuzlashib turilganida joizdir. 3. Namoz asnosida qurollarning yonda bo‘lishi mustahabdir. 4. Jamoat bir imomning orqasida namoz o‘qishni talab qilmasalar, har bir guruh xavf-xatarsiz holatdagidek, imomlari bilan o‘qishlari afzaldir. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling