Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
JANOZA 
O’lim to‘shagidagi bemor xususida  
1. Muxtazorni (o‘lim to‘shagidagi bemorni) o‘ng yoniga yonboshlatib, qiblaga qaratib qo‘yish 
sunnat bo‘ladi. 
2. Yuzi qiblaga qaraydigan holda boshini ko‘tarib, osmonga qaratib yotqizish ham joiz. 
3. Kalimai shahodatni, aytishga zo‘rlamay, majburlamay, ovoz chiqarib, qaytarib turish sunnatdir. 
4. O’lim to‘shagidagi bemorning yonida qarindoshlari va qo‘shnilari bo‘lishlari mustahabdir. 
5. Bemorning yonidagilardan biri bemorning boshida o‘tirib Yosin surasini o‘qiydi. Ba’zi olimlar 
Ra’d surasini o‘qishni xush ko‘rganlar. Kur’on o‘qilganida hayz va nifosli ayollar va junub erkaklar 
bemorning oldida turishi yoki chiqarib yuborilishda ixtilof bor. Chiqarib yuboriladi deganlar, yuqorida 
aytilgan holatdagi kishilar bor joyga farishtalar kirmasligini; chiqarilmasin deganlar esa bemorning 
qarindoshi, qo‘shnisi bo‘lgani uchun bu kishilarning turishi mustahabligini va ularning Kur’on 
eshitishlariga hech qanday to‘siq yo‘qligini aytadilar. 
Bemorning joni uzilgach, qilinadigan ishlar
1. Bemorning joni chiqqanidan so‘ng, jag‘i bog‘lanadi, Qo‘zlari yumiladi, yechintirib, yupqa narsa 
bilan o‘raladi, yotog‘idan olib, salqin joyga o‘tkaziladi. 
Ko‘zlarini yumgan kishi ushbu duoni o‘qiydi: "Bismillahi va ‘ala millati rasulillahi". Ma’nosi: 
"Allohim, Sening noming bilan va Payg‘ambirimizning shariati ostida bu o‘likning ko‘zlarini 
yumaman. Allohim, uning ishini, narigi dunyodagi holini osonlashtir, uni huzuringga borishidan 
mamnun va mas’ud qil. Kelgan olamini, ketgan olamidan xayrliroq ayla ". 
3. Keyin jasad shishib ketmasligi uchun qorni ustiga temir bo‘lagi qo‘yiladi. 
4. Qo‘llari yoniga cho‘ziltirib qo‘yiladi. Qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yish joiz emas (bu ahli kitob: 
yahudiy va nasorolarning amalidir). 
5. Yuvilgunga qadar o‘likning yonida Qur’on o‘qish tanzihan makruhdir. 
6. O’lim voqeasini xalqqa eshittirishning zarari yo‘q, jamoatning ko‘p bo‘lishi uchun mustahabdir. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling