Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Jasadni yuvib, dafn etishga tayyorlash


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Jasadni yuvib, dafn etishga tayyorlash 
1. Kishi o‘lganidan so‘ng, shoshib uni ko‘mish tadorigi ko‘riladi. 
2. Kishi o‘lishi bilan xushbuyliklar toq sonda sepilgan maxsus taxtaga qulay holda yotqiziladi. 
3. Keyin avrati berkitilib, kiyimlari yechiladi. 
4. Namozni bilmaydigan kichik bolalardan boshqa barcha o‘lganlar og‘iz-burunlari yuvilmay, 
tahorat qildiriladi. 
5. Keyin sovun bilan qaynatilgan iliq suv, bu ham bo‘lmasa, isitilgan suv murdaning ustiga 
to‘kiladi. 
6. Mayitning avval bosh va yuzi uch marta yuviladi. So‘ng jasadni chap yoni bilan yonboshlatib
o‘ng yoni uch marta yuviladi. Quyilgan suv tananing taxtaga tegib turgan joyigacha yetkaziladi. 
7. Shundan keyin o‘ng yonboshiga yonboshlatib, chap yoni uch marta yuviladi. 
8. Keyin g‘assol (yuvguchi) mayitni suyab, o‘ziga suyantirib o‘tqazib, asta qornini mashqiladi. 
Mabodo shu asnoda axlat chiqsa, uni yuvib tashlaydi. Qayta yuvintirmaydi. 
9. Keyin sochiq yoki mato bilan artib quritiladi va kafanlanadi. 
10. Bosh va soqolga bir necha xil moddadan tayyorlangan xonut atiri va sajda a’zolariga (peshona, 
burun, qo’l, oyoqlar) kofur atiri suriladi, (xonut bo‘lmasa, mushki anbar ishlatish mumkin). 
11. Jasad yuvilayotganida (og‘iz, burun kabi teshik o‘rinlarga) suv kirmasin deb paxta tiqilmaydi. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
12.Tirnoq va sochlar olinmaydi. 
13.Soch-soqollar taralmaydi. 
14. Ayol erini yuvishi mumkin, faqat er xotinini yuvolmaydi. Chunki ayol boshqa erga tegishidan 
oldin, homila bo‘lsa, tug‘ishini kutishi yoki idda, ya’ni 4 oyu 10 kun kutishi kerak. Bunga ko‘ra, o‘lgan 
er ham nomahram emas. Biroq erda bunday holat yo‘q, u bemalol uylanishi mumkin, ya’ni marhuma 
ayolga begona erkak hukmiga o‘tgan. 
15.Xojasidan bolasi bor joriya ham xojasini yuvmaydi. 
16.Erkaklar orasida o‘lgan ayolni bu erkaklardan biri qo‘liga latta o‘rab (g‘usl o‘rniga) tayammum 
qildiradi. 
17.Ayollar ichida o‘lgan erkakni bu ayollardan biri qo‘liga latta o‘rab tayammum qildiradi. 
18.Bunday hollarda o‘likning mahram yaqinlaridan bi-ror kishi bo‘lsa, qo‘liga latta o‘ramay 
tayammum qildiradi. 
19. Xunasaga, erkaklik va ayollik a’zolari bor kimsa ham (xoh erkaklar, xoh ayollar orasida o‘lsin) 
rivoyatga ko‘ra (g‘usl emas), tayammum qildiriladi. 
20. Go‘dak qizni erkak, go‘dak bolani ayol yuvishi mumkin (chunki balog‘atdan oldin odob 
o‘rinlari avrat hisoblanmaydi). 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling