Sug’urta ishi” fanidan Mustaqil ishi Sug’urta mahsulotlarini sotishni tashkil etish Bajardi: mm 58-2 talabasi Begmatova Arofat Tekshirdi: Sharipov U


Download 114.98 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi114.98 Kb.
#1058324
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Sug’urta ishi” fanidan



Mustaqil ishi

Sug’urta mahsulotlarini sotishni tashkil etish


Bajardi: MM 58-2 talabasi Begmatova Arofat
Tekshirdi: Sharipov U.

Toshkent 2022

Reja:


  1. Sug’urta mahsuloti tushunchasi va uning iqtisodiyoti mohiyati.

  2. Sug’urta mahsulotlarining sotish texnologiyasi.

  3. Sug’urta mahsulotini jismoniy va yuridik shaxslarga sotish txnologiyasi



  1. Sug’urta mahsuloti tushunchasi va uning iqtisodiyoti mohiyati.

Mahsulot xaridorlari magazinlarga borishi (yoki buyurtmaqilinganmahsulotlarni uyida qabul qilishi) kerakligi kabi sug‘urta xaridorlari hamuningyordamida bir qator sug‘urta «mahsulotlari» bilan tanishib chiqishi, shuningdek,ular turli kompaniyalarda kutishi mumkin bo‘lgan servis sifati haqidafikr yuritishiuchun xizmat qiladigan mexanizmga ehtiyoj sezadi. Boshqa har qanday bozorda bo‘lgani kabi sug‘urta bozorida hamquyidagilarishtirok etadi:


►sotuvchilar: sug‘urta kompaniyalari va (faqat Buyuk Britaniyada)Lloydsindikatlari a’zolari;
►xaridorlar: oddiy fuqarolar, sanoat va savdo kompaniyalari;
►vositachilar: sug‘urta brokerlari va agentlari.
Sug‘urta polislarini xarid qilish va sotish butun ish haftasi davomidaro‘yberadi, shartnomalar esa qatnashchilar uchun qulay bo‘lgan joylarda tuziladi.1Sug‘urta mahsuloti – sug‘urtalanuvchiga sug‘urta shartnomasi tuzishorqalitaqdim etiladigan asosiy va yordamchi xizmatlar yig‘indisidir. Sug‘urtalovchiningmarketing strategiyasi quyidagilar orqali amalga oshiriladi: sug‘urta mahsuloti sohasidagi siyosat; narx-navo siyosati; sug‘urta mahsulotining sotilishini tashkil etish usuli va taqsimot siyosati;sotuvni rag‘batlantirish va o‘tkazish tizimlari; iste’molchilar bilan muloqot (ijtimoiy munosabatlar va sug‘urtaxizmatlarireklamasi va boshqalar). Bu strategiyani savodli va samarali amalga oshirish uchununingbarchavositalarini o‘zaro aloqadorlikda hamda o‘zaro ta’sirini hisobga olganholdako‘ribchiqish zarur. Biron vositaga taa’lluqli u yoki bu qarorning qabul qilinishi umumiy holatda sug‘urtalovchi marketing siyosatining boshqa tarkibiy qismlaridagi qaysiimkoniyatlarni afzal ko‘rishiga qarab belgilanadi. Shuningdek, sug‘urtabozorlariva mahsulotlarining dinamikasini hisobga olish hammuhimahamiyatgaega.Sug‘urta marketingi sohasidagi ko‘pgina mutaxassislar aynan mahsulot marketingstrategiyasining hal qiluvchi bo‘g‘inini tashkil etadi deb hisoblaydilar. Marketing dastlab oziq-ovqat mahsulotlari, avtomobillar, uy-ro‘zg‘ortexnikasi doirasida paydo bo‘lgan va rivojlana boshlagan edi. Keyinroqmarketingg‘oyasini xizmat ko‘rsatish sohasi ham o‘zlashtirib oldiki, bu sohagasug‘urtalashham mansubdir.
Erkin bozorda iste’mol qilish uchun taklif etilishi mumkinbo‘lgan va muayyan ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljallangan barchanarsalarmahsulot, deb ataladi. Mahsulot, deganda tovarlar, xizmatlar (transport, sayyohlik,sug‘urta), tashkilot (masalan, rak kasalligiga qarshi kurash ligasi), odam(siyosiyarbob, artist) tushunilishi mumkin. Sug‘urta mahsuloti tarkibidan uning asosiy xususiyatlarini –beriladigankafolatlar, sug‘urta summalari, franshizalar va narxni o‘zida mujassametgan«o‘zak»ni shartli ravishda ajratib ko‘rsatish mumkin. Sug‘urta mahsuloti o’z yakuniy ifodasini kompaniya tomonidanmazkursug‘urta mahsuloti doirasida taqdim etiladigan asosiy va qo‘shimchaxizmatturlarida topadi. Bu – sug‘urta qoplamasini to‘lash bilan bog‘liq o‘zi bajaradigansug‘urta amaliyotlari (asosiy xizmatlar) va sug‘urta hodisasini hal etish(shikastlangan avtomobilni ta’mirlash, yuridik maslahat, yordamvaboshqalar)doirasidagi xizmatlardir. Sug‘urta xizmatining (boshqacha ibora bilan aytganda, sug‘urtamahsulotining) sug‘urtalanuvchi tomonidan xizmatni tanlab olinishigata’sirko‘rsatadigan o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
texnik xususiyatlar – taqdim etiladigan kafolatlar (sug‘urtaqoplamasi,sug‘urtalanayotgan xatarlar), kafolatlash darajasi (sug‘urta summalari),franshizalar;
iqtisodiy xususiyatlar–narxi, sug‘urta summasining indeksa- siyalanishi,sug‘urta qiluvchining foydasiga sheriklik, ssuda olish imkoniyatiningmavjudligi,sug‘urtalovchilarning ishonchliligi;
ijtimoiy qiymati (iste’mol bahosi) – taqdimetilayotganxavfsizlik,daromadlilik, umidvorlilik, sotuv amalga oshirilgandan keyingi xizmatlar (sug‘urtahodisalarini tekshirish, qo‘shimcha xizmatlar, sug‘urtalanuvchiga nisbatanhurmat-e’tibor) sifatini baholash.
Sug‘urta mahsulotining bu xususiyatlari iste’molchi tomonidansug‘urtakompaniyasini va uning muayyan ko‘rinishdagi xizmatlarini tanlabolishi uchunmezon sifatida xizmat qiladi. Albatta, bu omillarning ahamiyati bir iste’molsegmentida boshqa iste’mol segmentlaridan farqlanadi. Masalan, korxonalarningrahbarlari uchun sug‘urta mahsulotining texnik va iqtisodiy xususiyatlari kattaahamiyat kasb etgani holda, ijtimoiy baholash unchalik muhimhisoblanmaydi.Jismoniy shaxslar uchun esa, savdo markasining obro‘-e’tiborgaegaligivaumidvorliligi ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislarning tadqiqotlari ko‘rsatishicha, bugungi kundaiqtisodiyrivojlangan mamlakatlarda sug‘urta qoplamasi bir bo‘lgansharoitdasug‘urtalovchini tanlashning muhim omili sifatida quyidagilarni ko‘rsatishmumkin:
sug‘urta mahsulotining narxi (boshqa omillardan katta farqbilanoldindaturadi);
sug‘urta xizmatlarining sifati, ayniqsa sug‘urta hodisalarini tekshirishvahal etish;
sug‘urtalanuvchining sug‘urtalovchiga bo‘lgan ishonchi (savdomarkasining obro‘-e’tibori) va ularning o‘rtasida o‘zaro chambarchasaloqamavjudligi.
Bozorda raqobatdoshlik kuchaygani sari sug‘urtalovchilar o‘zsug‘urtamahsulotlariga yondashuvni quyidagi masalalarda o‘zgartirib turishgamajburbo‘ladilar:
o‘z sug‘urta xizmatlari va raqobatchilarning sug‘urta mahsulotlariningo‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
sug‘urta mahsulotining sifati;
sug‘urta mahsulotining moslashuvchanligi – shartnomalar vatariflarbo‘yicha belgilangan shartlarning bozor talablarining hamdaxususiyiste’molchilarning talablari o‘zgarishiga qanchalik tez moslasha olishi.
Sug‘urta mahsulotlari ularning amalda bo‘lib turishiga sababchi bo‘lganasosiy, eng muhim talablar nuqtayi nazaridan katta guruhlarga ajratiladi. Umumiyehtiyoj, sug‘urtaning vujudga kelish sababi – o‘z shaxsiy iqtisodiyxavfsizliginita’minlash istagini izohlaydi. Uni bir necha o‘ziga xos mayda talablargaajratishmumkin, ulardan eng asosiylari sifatida: tasodifiy noxush hodisaro‘ybergantaqdirda kafolatlanish talabi; mehnatga layoqatlilik yoki o‘limyuz berganholdao‘zini va oilasini kafolatlash; muayyan muddat ichida jamg‘arma hosil qilishyokio‘ziga badavlat keksalikni ta’minlashni ko’rsatish mumkin. Muayyan talablar bo‘yicha sug‘urta mahsulotlarini kattaguruhlarga«oilalarga» ajratish mumkin va ularning har biri bironta eng muhimehtiyojniqondirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qiluvchisug‘urta mahsulotlari, xatarlilik sug‘urtalari sinfiga guruhlanadi va yuqoridasanabo‘tilgan o‘ziga xos ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan keyingi ikkitasi–hayotni sug‘urtalash va pensiya sug‘urtasi «oilasiga» bo‘linadi. Shundankeyinsug‘urta mahsulotlari oilalari vazifalarining ular tomonidanqoplanadiganxatarlarning o‘xshashligi jihatidan ajratiladi. Masalan, xatarlilik sinfidagi sug‘urtaturlari ichidan mol-mulk sug‘urtasi va salomatlik sug‘urtasini alohidatoifagaajratib ko‘rsatish mumkin. Ana shu toifalar ichidan hammutaxassislar anchatordoiradagi sug‘urta ehtiyojlarini qondirish va xatarlarni qoplashgaqaratilgansug‘urta mahsulotlarining alohida turlarni ajratib chiqaradilar. Xususan, mol-mulk sug‘urtasi toifasini ko‘chmas mulk sug‘urtasi, avtomobilsug‘urtasi, yuk sug‘urtasi kabilarga bo‘lish mumkin. O‘z navbatida, anashusug‘urta turlari ham jamlanmalarga ajraladi. Mol-mulk sug‘urtasi turar-joysug‘urtasi, ofislar sug‘urtasi va sanoat inshootlari sug‘urtasi kabilargabo‘linadi.
Bu jamlanmalar esa bevosita sug‘urta mahsulotlaridan, ya’ni mijozgataklifetilayotgan muayyan sug‘urta xizmatlaridan tashkil topadi. Har bir sug‘urta kompaniyasi o‘zi taklif etayotgan xizmatlar turlari ichidajuda ko‘p (ba’zan bir necha o‘n birlikda) mahsulotlar shahobchalarigaegabo‘ladi.Sug‘urta ehtiyojlarining barcha turlarini qondirish uchun ularningmiqdorihamanchagina bo‘lishi talab etiladi. Ularning har biri muayyan bozorgayoki uningyirik segmentiga yo‘naltirilgan asosiy marketing birligi hisoblanadi. Harbirjamlanma o‘z dizayniga ega bo‘lib, savdo markasi va sug‘urtalovchiningnomibilan javob beradi. Ehtimoldagi mijoz sug‘urtalovchining vakiligasug‘urtashartnomasi tuzish masalasida murojaat etgan chog‘ida, unga mavjudsug‘urtamahsulotlari jamlanmalari doirasida tanlov imkoniyati beriladi. Har qanday sug‘urta mahsuloti ikki usulda – marketing yondashuvi asosidavaaktuar texnika nuqtayi nazaridan ifodalanishi mumkin. Sug‘urta mahsulotigamarketing yondashuvi, bu – uning iste’molchining baholash atamalari hamdaqiziqishlari orqali ifodalanishi bo‘lsa, texnik aktuar yondashuvi esa,sug‘urtalovchi tomonidan berilayotgan kafolatlar ro‘yxati, sug‘urta summalarivatariflar, franshizalar va shu kabilardan iborat. Masalan, bir yil davomidabosibo‘tilgan yo‘lga bog‘liq ravishda tarif qo‘yiladigan avtomobil sug‘urtasi manabuko‘rinishda bo‘ladi: bu shunday sug‘urta xizmatidirki, unda siz faqat foydalanishhajmiga mos ravishda pul to‘laysiz va u mashinasidan kamfoydalanadiganlaruchun juda qulay. Texnik ifodada esa, bu – kafolatlar va o‘zgaruvchantarifstavkalarini hisoblash uslublari yig‘indisidir. Sug‘urta mahsulotlari sotuvini tashkil etishda uning marketingifodasi asosiyo‘rin tutadi. Sotuvni yuksak darajada o‘tkazilishini ta’minlash uchunsug‘urtamahsuloti iste’molchi uchun tushunarli bo‘lgan va uning sotibolinishinioqlaydigan bir yoki bir necha g‘oyaga ega bo‘lishi, raqobatchilarningxuddishuturdagi mahsulotlaridan afzal bo‘lishi, o‘xshash turdagi mahsulotlar orasidanarxining balandligi bilan ajralib turmasligi shart.


Download 114.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling