Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Takrorlash uchun savollar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Takrorlash uchun savollar 
 
 Quyidagi savollarga o‘ylab, javob bering: 1. Vitr namozining hukmi nima? Necha rakatdan iborat 
va qanday o‘qiladi? Qunut duosining ma’nosi qanday? Qunut duosi qachon o‘qiladi? Kalimalari 
qanday? Bomdod namozida qunut duosini o‘qiydigan (Shofe’iy mazhabidagi) imomga iqtido qilgan 
Hanafiy mazhabidagi kishi qanday harakat qiladi? Vitr namozi qachon jamoat bilan o‘qiladi? 
2. Sunnati muakkadalarni sanab bering. Ikki rakatdan ortiq nafl namoz o‘qib, namoz so‘ngiga qadar 
tashahhudda o‘tirmagan kishining hukmi nima? 
3. Tahiyatul masjid, hojat va tungi namozlarning hukmini aytib, ibodat bilan o‘tkazish mandub 
bo‘lgan kechalarni sanab bering. 
4. O’tirgan holda, ot yoki shahar tashqarisida biror vositaga mingan, biror narsaga suyangan hodda 
o‘qilgan nafl namozlarning hukmini aytib bering. 
5. Miniladigan hayvon ustida o‘qilgan farz va nafl namozlarning hukmi qanday? Miniladigan 
hayvon (tuya) o‘rkachi ustida o‘qilgan namozlarni tafsilotlari bilan tushuntiring. 
6. Kemada namoz o‘qishning hukmini tafsilotlari bilan tushuntiring. 
7. Taroveh namozining hukmini, vaqgini va necha rakatligini aytib bering. 
8. Ka’baning ichida, ustida va atrofida o‘qilgan namozning hukmini aytib bering. 
9. Ibodat hukmlarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan eng qisqa safar muddati qancha? Qaysi 
namozlar qisqartiladi? Safar niyatining sahih bo‘lishi uchun lozim bo‘lgan shartlarni izohlab, namozni 
qisqartirishning hukmiy (safar) muddatini va namozni qisqartirmay, to‘liq o‘qigan musofirning hukmi 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
qanday bo‘lishini bayon qiling. 
10. Musofirning muqimga va muqimning musofirga (namozda) iqtido qilishining hukmini, safar 
mobaynida qazo bo‘lgan namozlar safar tamom bo‘lgach; muqimliqda qazo qilingan namozlar safar 
asnosida qanday o‘qilishini aytib bering. 
11. Vatan haqidagi hukmlarni bayon qiling. Vatani iqomat nima bilan bekor bo‘ladi? 
12. Bemorning namozlarini tafsilotlari bilan tushuntiring. Bemor qachon namozni kechiktiradi? 
Qachon undan namoz soqit bo‘ladi? Qazo qoldirgan namozlarini vasiyat qilishi qachon joiz, qachon 
joiz emas? 
13. Qazo qolgan namozlar qanday tartibda o‘qiladi? Bunday tartib bilan o‘qish majburiyati nima 
bilan soqit bo‘ladi? Kishi farz namozini o‘qiyotganida qazo qolgan namozi esiga tushsa, nima qiladi? 
14. Kishi yolg‘iz o‘zi namozni boshlagach, qanday holatda namozini buzib, jamoatga qo‘shiladi? 
Qanday holatda o‘zi o‘qib tugatadi? 
15. Qaysi sunnat namozlarning qazosini qachon o‘qish joiz? Qachon farzlardan avval nafl namoz 
o‘qish mumkin? Qanday holatlarda azon aytilgan masjiddan chiqib ketish joizligini bayon qiling. 
16. Sahv sajdasining hukmi qanday va sabablari nima? Qasddan qilingan xatolarning qaysilarida 
sahv sajdasi qilinadi? Sahv sajdasining vaqtini, qachon soqit bo‘lishini va imom sahv sajdasi 
qilmaydigan namozlarni aytib bering. 
17. Birinchi yoki ikkinchi tashahhudda "Attahiyyotu" o‘qiyotganida adashib ketgan yoki namozda 
shubhaga tushgan kishining hukmini bayon qiling. 
18. Tilovat sajdasining hukmini, sababini, vaqtini va sajda oyatlarining sonini tafsilotlari bilan 
tushuntiring. Sajda qilishi lozim bo‘lgan va lozim bo‘lmagan kishini, sajda oyati takror-takror 
o‘qilganida tilovat sajdasi qachon ado qilinishini izohlab bering. Tilovat sajdasining sahih bo‘lish 
shartlarini, shaklini hamda shukr sajdasining hukmi va shaklini tushuntirib bering. 
19. Juma namozining hukmini, farz va sahih bo‘lish shartlarini aytib bering. So‘ngra shaharda, 
Minoda qachon juma namozi o‘qish joiz bo‘lishini, hamda xutbada (Alloh taologa) hamd aytish (kabi 
narsalar) bilan kifoyalanish hukmlarini bayon qilib bering. Xutbaning sunnatlaridan o‘ntasini sanab 
bering. 
20. Hayit namozlarining hukmini, shartlarini, vaqti va ado etish tartibini tushuntiring. Qurbon va 
Ramazonga hayiti namozlari hukmlari orasidagi farqni izohlang. Tashriq takbirining hukmini, vaqtini 
va kimlarga lozim ekanini bayon qiling. 
21. Kusuf (quyosh tutilish) namozining hukmini, shaklini, istisqo (yomg‘ir duosi) namozining 
hukmini hamda buning uchun nimalar mustahab ekanini tushuntirib bering. 
22. Xavf namozining hukmini, sababini aytib, bu namozni bir imomga iqtido qilib o‘qimoqchi 
bo‘lganlarida yoki alohida-alohida imomlar orqasida o‘qishga kelishib olganlarida namoz qanday ado 
qilinishini, xavf juda kuchli bo‘lganida qanday o‘qilishini tushuntirib bering. 


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling