Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Quyosh tutilganida o‘qiladigan namoz


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Quyosh tutilganida o‘qiladigan namoz  
Quyosh tutilganida nafl namozga o‘xshash ikki rakat namoz o‘qish sunnatdir. Bu namoz azon va 
iqomatsiz, xutbasiz, maxfiy qiroat bilan, juma imomi, davlat boshlig‘ining vakili imomligida o‘qiladi. 
Har ikki rakatning ruku va sajdalarini uzunroq qilish sunnatdir. Namozdan so‘ng imom qiblaga qarab 
o‘tirib yoki jamoatga qarab tik turib, quyosh ochilguncha duo qiladi, jamoat omin deb turadi. Imom 
bo‘lmasa quyosh tutilganidagi namoz jamoatsiz o‘qiladi. 
Izoh: Rivoyatga ko‘ra, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, davrlarida bir kuni quyosh 
tutiladi, u kishi xalqni to‘plab, ikki rakat namoz o‘qitdi. Bu namozda uzoq qiyomda turgandan so‘ng 
ruku qildilar, rukuda uzoq vaqt qoldilar, so‘ng sajda qildilar, uzoq, muddatli bir sajdadan so‘ng 
ikkinchi rakatga turdilar, ikkinchi rakat ham shuncha cho‘zildi va namoz tugadi, quyosh ochildi. 
Bu haqda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Bu Allohning qullarini o‘z qudrati bilan 
qo‘rqitishi — ibrat olinadigan hodisadir. Quyosh tutilishini ko‘rsangiz, eng yaqin farz namozga 
o‘xshash namoz o‘qingizlar ", deganlar. 
Oy tutilganida o‘qiladigan namoz  
Kunduz paytidagi qorong‘u zulmat, shiddatli shamol yoki qattiq qo‘rquv (zilzila, og‘ir yuqumli 
kasallik va oy tutilishi) holatida har kim yakka holda ikki rakat nafl namoz o‘qiydi. 
Quyosh va oy tutilganida ikki rakat nafl namoz o‘kish sunnatdir. Bu esa musulmonlarning bu 
hodisalardan dahshatga tushib, ko‘rqishlaridan dalolat bermaydi. Quyosh va oy Allohning buyuk 
ne’matlaridandir. Biri kunduz, biri kechani oydinlatadi. Bu ne’matlarning foydalarini olimlar hali to‘liq 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
o‘rganmaganlar. Go‘yo ular yo‘q bo‘lgandek tuyuladigan tutilish asnosida bu ne’matlarning 
Yaratuvchisiga shukr qilish, namoz o‘qish lozimdir. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling