Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
boshqa). 
Ado etish tartibi  
Sajda oyatini o‘qigan yoki eshitgan kishi o‘tirgan bo‘lsa, o‘rnidanturadi. Qo‘lni ko‘tarmay takbir 
aytib, sajdaga boradi va yana takbir aytib, o‘rnidan turadi. Shu tartibda bir marta sajda qiladi. 
So‘ngtashahhud o‘qimaydi va salom bermaydi. 
 
Shukr sajdasi  
Hazrati Abu Bakrdan, roziyallohu anhu. rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va 
sallam, iisonni xushnud qiladigan bir narsaga ro‘para kelganlarida yoki biror xushxabar eshitganlarida 
Alloh taologa shukr qilish maqsadida darhol sajda qilar edilar. 
Shukr sajdasi Imomi A’zamga, roziyallohu anhu, ko‘ra namozdan so‘ng makruhdir va hech qanday 
savobi yo‘q, qilmagan afzaldir. Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘ra esa, savob bo‘lgan bir 
ibodatdir. Shukur sajdasi tilovat sajdasi kabi ado etiladi. 
Izoh: Fiqh ulamolari Imom A’zamniig, rahmatullohi alayh, bu nuqtai nazarlarini, qilinishi 
vojibemas deb, Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadning fikrlarini esa, qilinishining zarari yo‘q, 
joizdir deb sharhlaganlar. Bunga ko‘ra, har bir xushxabarni eshitganda sajda qilish shart emas, ammo 
Qilinishi joizdir. 
Har baloning daf qilinishi haqida
Imom Nasafiy "Kofiy" nomli asarlarida aytadilarki, kimki bir joyda barcha sajda oyatlarnni o‘qib, 
har biri uchun alohida-alohida sajda qilsa, bu ibodat tufayli boshiga keladigan barcha balolardan omon 
qoladi. 
Juma namoziiing hukmi
Juma namozi quyidagi yetti shartni jam qilgan bo‘lib, har bir musulmon uchun farzi ayndir. Farz 
bo‘lishining shartlari: 
1. Erkakbo‘lishi; 
2. Ozod bo‘lishi; 
3. Shaharda yoki shahar yaqinida istiqomat qilishi
4. Sog‘lom bo‘lishi; 
5. Zolimning hamlasidan omon bo‘lishi; 
6. Ikki ko‘zi ko‘r bo‘lmasligi; 
7. Ikki oyog‘ining birdaniga oqsoq yoki shol bo‘lmasligi. 
A Durust bo‘lishining shartlari
1. Juma namozi peshin namozining vaqtida o‘qilishi zarur. Peshin namozining vaqti kirmasdan juma 
o‘qilishi du rust emas. Juma o‘qilayotganida vaqt chiqsa, u bekor bo‘ladi. 
2. Vaqtida (farz namozidan avval) juma xutbasi niyati bilan, juma namoziga jamoat bo‘la oladigan 
kishilar huzurida xutba o‘qishlari kerak. 
3. Barchaning masjidga kirib, bemalol namoz o‘qishi mumkin bo‘lishi zarur. 
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, juma farzi uchun yetarli jamoat qul, musofir va bemorlardan iborat 
bo‘lsa ham, imomdan boshqa uch erkak kishidir. Mazkur jamoat bilan juma namozi o‘qish 
mumkinligining sharti bu kishilarning birinchi sajdaga borgunlaricha imom bilan birga qolishlaridir. 
Ilk sajdani qilgach, (namozni buzib) tarqaydigan bo‘lsalarI imom namozni yolg‘iz o‘zi juma namozi 
sifatida tamomlaydi Ammo imom birinchi sajdaga bormasidan, jamoat tarqaladigan bo‘lsa, namoz 
buziladi. Uch kishilik jamoatdan biri ayol yoki yosh bola bo‘lsa, namoz sahih bo‘lmaydi. Qul, musofir 


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling