Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 bera olmasa) bu ikki ehtimoldan oz bo‘lganini tanlaydi. Faqat (vojib) bo‘lgan) qa’dani tark qilmaslik uchun oxirgi rakat deb o‘ylagan har rakatdan so‘ng o‘tiradi va sahv sajdasi qiladi. Izoh: Kishi tahorati bor-yo‘qligi haqida shubhalansa-yu, uylab ko‘rgach, tahorati borligiga ishonch hossh qilsa, u kishi fiqh nuqtai nazariga ko‘ra tahoratli hisoblanadi. Agar kishi tahorat a’zolaridan bir qismini yuvgan-yuvmaganligi xususida shubhalanib qolsa hamda bu hol ilk marotaba yuz berayotgan bo‘lsa, o‘sha joylarini qayta yuvadi. Agar bu odatiy holat bo‘lsa, unga e’tibor qilmaydi. Shuningdek, namoz asnosida ham kishining aqliga turli xil shubhalar kelsa, bu xoh namoz to‘g‘risida, xoh tahorat xususida bo‘lsin, agar ilk shrotaba yuz berayotgan bo‘lsa, shubhaga tushgan joyini takror bajarishga kirishadi. Agar bu ham odatiy hol bo‘lsa, bu shaytondandir, bunga e’tibor qilmaydi va namozini davom ettiradi. Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 62 TILOVAT SAJDASI Sababi, hukmi va vaqti Shartlari: tahorat qilish, qiblaga yuzlanish hamda avrat joylarini berkitish. Vojib bo‘lishining sababi: sajda oyatini o‘qish yoki eshitish. Sajda oyati namozdan boshqa payt o‘qilganida, darhol sajda qilish shart emas. Faqat kechiktirilishi tanzihavd makruhdir. Forschaga o‘xshash (arab tilidan boshqa tilda) sajda oyati o‘qigan kishi ham sajda qilishi lozim. Sajda kalimasini o‘zidan avvalgi va keyingi kalimalardan biri bilan o‘qish, oyatni to‘la o‘qish kabidir. Sajda oyati bo‘lgan suralar: A’rof surasi, 206-oyat; Ra’d surasi, 15-oyat; Nahl surasi, 49-oyat; Isro surasi, 107-oyat; Maryam surasi, 58-oyat; Haj surasi, 18-oyat; Furqon surasi, 60-oyat; Naml surasi, 24-oyat; Sajda surasi, 16-oyat; Sod surasi, 24-oyat; Fussilat surasi, 37-oyat; Najm surasi, 62-oyat; Inshiqoq surasi, 21-oyat; Alaq surasi, 19-oyat. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling