Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
FARZ NAMOZIGA YETISHISH BO‘LIMI 
 
Namoz o‘qiyotgan kishi namozini qachon buzadi, qachon buzmaydi? 
1. Kishi farz namozini yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgaiida aynan farz namozini jamoat o‘qib boshlasa-yu, u 
kishi hali sa qilmagan bo‘lsa yoki namoz to‘rt rakatli bo‘lmaganida sajda qilgan bo‘lsa ham, namozini 
buzib. imomga iqtido qplad 
2. To‘rt rakatli namoz o‘qiyotgan bo‘lib, birinchi rakatiga sajda qilgan bo‘lsa, yana bir rakat 
qo‘shib, tashahuddan so‘ng salom beradi va farz niyati bilan imomga iqtido qiladi. 
3. Agar uch rakat o‘qigan bo‘lsa, namozini tamomlaydi. So‘ngra xohlasa, nafl niyatida imomga 
iqtido qiladi. Faqat bu holda asr namozini ado qilgach, (nafl o‘qishdan qa' tarilgani uchun) imomga 
iqtido qilmaydi. 
4. Namoz o‘qiyotgan kishi (to‘rt rakatli farzning) uchinchi rakatiga turgach, sajda qilmasdan avval, 
jamoat fa! namoziga tursa, qiyomda salom berib, namozini buzg va nmomga iqtido qiladi. 
5. Imom farz o‘qiyotganida masjidga kelgan kishi s; nat o‘qish o‘rniga darhol imomga iqtido qiladi. 
Bomdod namozining sunnati bundan mustasno. Bomdod namozida a imomga yeta olishga ko‘zi yetsa, 
avval sunnatni o‘qiydi, avval sunnatni qo‘yib, imomga iqtido qiladi. Zero, jamoat savobi bomdod 
sunnatining savobidan ulug‘roqdir. 
Sunnatning qazosi
 
Bomdod namozining sunnati, faqatgina farz bilan birga qazo qolsa, o‘sha kuni peshin vaqti 
kirishiga biroz fursat qolgungacha o‘qiladi. Peshin namozining ilk sunnati (farzdan avval o‘qilmagan 
taqdirda) vaqti ichida farzdan so‘nggi ikki rakat sunnatdan avval o‘qiladi. 
 
Jamoat va uning fazilati  
Jamoat bilan o‘qilgan farz namozning bir rakatiga yetishgan kishi jamoat fazilatiga erishgan bo‘lsa-
da, namozni jamoat bilan o‘qigan hisoblanmaydi. Uch rakatiga yetishgan kishi haqida ixtilof mavjud. 
Turli masalalar
1. Farz namozining vaqti chiqmasligiga ishongan kishi xohlaganicha sunnat (yoki nafl) o‘qishi 
mumkin. Aks holda sunnat o‘qimaydi. 
2. Imom rukuda bo‘lganida qiyom holda takbiri tahrima aytib, imomning rukusiga qo‘shilgan kishi 
o‘sha rakatga ulgurgan hisoblanadi. Ammo u takbiri tahrima aytib bo‘lguncha imom rukudan boshini 
ko‘tarsa, o‘sha rakatga yetishgan hisoblanmaydi. 
3. Imo.m yetarli miqdorda qiroat qilganidan so‘ng, ja-moatdan bir kishi imomdan avval rukuga 
borganida, imom unga rukuda yetishsa, u kishining rukusi sahih, ayni paytda makruhbo‘ladi (rukuning 
bir qismini imom bilan birga qilgani uchun ruku sahih bo‘lsa, imomdan avval rukuga borgani uchun 
makruhdir). 
Agar imom o‘zicha (o‘sha kishiga) yetisha olmasa yoki yetarli miqdorda qiroat qilmasdan ruku 
qilgan bo‘lsa, u kishining rukusi durust emas (namozi fosid bo‘ladi). 
4. Azon aytilgach, namoz o‘qimay masjiddan chiqish makruhdir. Agar (boshqa bir masjidning 
imomi yoki muazzini kabi) boshqa bir jamoatni to‘playdigan kishi bo‘lsa, joizdir. O’sha vaqt namozini 
yolg‘iz o‘qib kelgan kishiga makruh emas. Faqat peshin va xufton namozlarida yolg‘iz o‘zi o‘qigan 
bo‘lsa ham, masjiddan chiqmay turib, jamoat namozni boshlasa, nafl niyatida imomga iqtido qilishi 
lozim, masjiddan chiqishi makruh bo‘ladi. 


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling