Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Musofirning muqimga va muqimning musofirga iqtido qilishi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqtida o‘qilmagan namozlarning qazosi
- Bemor kishining namozi
Musofirning muqimga va muqimning musofirga iqtido qilishi
Musofir muqimga namoz vaqtida iqtido qilishi durust. Bu holda u muqim kabi namozni to‘liq o‘qiydi. Vaqt chiqqach, musofirning muqimga iqtido qilishi durust emas. Xoh vaqt ichida bo‘lsin, xoh vaqt chiqqanidan so‘ng bo‘lsin, muqimning musofirga iqtido qilishi durustdir. Musofir muqimlarga imom bo‘lsa namozni boshlamasdan avval yoki salom bergach, "namozingizni tamomlang, men musofirman" deyishi mustahabdir. Muqim musofirga iqtido qilganida musofir namozni tamom qilganidan so‘ig qolgan ikki rakatini qiroat qilmasdan tamomlaydi. Vaqtida o‘qilmagan namozlarning qazosi Musofir qazo qolgan to‘rt rakatli namozni muqim bo‘lganida o‘qisa ham, ikki rakat o‘qiydi. Muqim qazo qolgan to‘rt rakatli namozni safarda o‘qisa ham to‘rt rakat o‘qiydi. Vatan haqida Kishining tug‘ilib o‘sgan, uylangan yoki davomlp yashagd maqsadida u yerdan ajralishni xohlamagan joyi vatani asliy deyiladi. Kishining (kamida) 15 kun yoki undan ham ko‘proq muddat yashashga niyat qilgan joyi vatani iqomat deyiladi, Vatani asliy boshqa bir joyni vatani asliy qilib olish bilan kuchdan qoladi. Vatani iqomat o‘ziga o‘xshash boshqa joyda yashashga niyat qilish yoki u yerdan yo‘lga chiqnsh yoki vatani asliyga qaytish bilan buziladi. Bemor kishining namozi Bemor tamoman turolmasa yoki qattiq og‘riq tufayli gurishi qiyin bo‘lsa. yoki kasalligining kuchayishi yoksh uzoqqa cho‘zilishidan qo‘rqsa, namozini o‘tirib, ruku va sajda qilgan holda o‘qiydn. O’ziga eng qulay shaklda o‘tiradi, bulardan boshqa hollarda kuchi yetganicha tik turib o‘qiydi. 1. Bemor namozini o‘tirgan joyida ruku va sajda qilgan xolda xam o‘qiy olmasa, imo-ishora bilan o‘qiydi, faqat sajda qplpsh uchun boshini rukuda egganpdan ko‘prom egadi. Aks holda namozi durust bo‘lmaydi. Izoh: Chunki Payg‘sshbarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bir bemorning ziyoratiga borib, oldiga yostiq qo‘yib, uning ustiga sajda qilayotganini ko‘radilar va oldidan yostiqni oladilar. Bemor sstiqni takror oldiga olganida yostiqni yana unim oldidan oladilar va "Agar kuchingiz yetsa, yerda iamoz o‘qing kuchingiz yetmasa, imo-ishora bilan o‘qing va sajdada boishn gizni rukudagidan ko‘ra ko‘proq egiig ", deydilar. 3. Bemor sajda qilishi uchun biror narsa baland qili( qo‘yplmaydi. Biror narsani ko‘tarib qo‘ysa, sajdada boshini rukuda egganidan ko‘ra ko‘proq egsa, namozi durust bo‘ladi. Aks holda, namozi durust emas. 4. Bemorning o‘tirib namoz o‘qishga ham kuchi yetmasa, chalqancha yoki yonboshlab yotgan holda imo-ishora bilan namoz o‘qiydi. Bu holda chalqancha yotib o‘qish yaxshiroqdir. Yuzi qiblaga qarab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling