Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Tartibni bekor qiladigan sabablar
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli masalalar
Tartibni bekor qiladigan sabablar
1. Vaqtning juda oz qolgan bo‘lishi. Bunday holatda kishi faqatgina o‘sha vaqt namozini o‘qiydi. 2. Zimmasida qazo namozi borligini unutmoq. 3. Vitr namozidan tashqari qazo qolgan namozlarning soni olti vaqtga yetgan bo‘lsa. Izoh: Qazo qolgan namozlarning soni oltitaga yetgan bo‘lsa, kishining tartibga rioya qilishi og‘ir bir mas’uliyatdir. Chunki bir vaqtning o‘zida ham olti vaqt qazo namozi, ham o‘sha vaqt namozini o‘qishga to‘g‘ri keladi. Holbuki, Islomda qiiinchilik emas, balki qulaylik, yengillika asosdir. Vitr namozi qazo qolgan namozlarda tartibni bekor qoluvchi hisoblanmaydi. Faqat qazo namozlari o‘qilayotganida uning ham tartibiga rioya qilinadi. Turli masalalar 1. Ko‘p qazo qolgan namozlarni ado qilgach, olti vaqt iamozidan kami qolsa ham, ular o‘rtasidagi tartibga rioya qilish lozim bo‘lmaydi. 2. Tartibga rioya qilishi lozim bo‘lgan kishi, qazo qilgan namozi vitr bo‘lsa-da, esida bo‘la turib, keyingi vaqt farz namozini o‘qisa, bu o‘qigan farz namozi shartli fosid bo‘ladi. Bundan so‘ng u qoldirgan namozini o‘qimay yana to‘rt vaqt namozini o‘qisa, qazo qilgan namozidan so‘nggi besh vaqt namozining hammasi sahihga aylanadi. Chunki kishining qazo namozi esida turib, o‘qigan namozlari o‘qiyotgan paytda buziladi. Uni qayta, o‘qish lozim bo‘ladi. Ammo beshinchi vaqt namozini o‘qishi bilan qazo namoz birgalikda olti vaqt namozi bo‘lgach, bu kishidan tartibga rioya Qilish majburiyati soqit bo‘ladi. Binobarin, o‘qishmagan Namozining faqat o‘zinigina o‘qib, qazosini bajaradi. Faqat beshinchi namoz vaqti chiqmasdan bundan oldin Qazoga qolgan namozini o‘qisa, qazo qilgan namozi vaqti va uni o‘qigan vaqt oralig‘ida o‘qigan namozlarning barchasi nafl namozga aylanadi. So‘ngu o‘qigan namozlarini qazosini o‘qishi lozim. Qazoga qolgan namozlar juda ko‘ bo‘lsa, qazosi o‘qiladigan har bir namozni (falon kunning falon namozi deya) niyat qilib o‘qish kerak. Bu shunday osonlashtirpsh mumkin: masalan, "Vaqtida o‘qts olmagan birinchi (yo oxirgi) peshinning qazosin o‘qishni niyat qildim" (shu yo‘l bilan qaysi qazo pam zini o‘qnshiga aniqlik kiritgan bo‘ladi). Avval qaz qilnngan ikki yilga Ramazon ro‘zasini tutmoqchi bo‘lganlarga ham shu hukm joizdir (ya’ni, kaysi yilning ro‘z,' sini tutmoqchi bo‘lsa, shuni niyat qiladi). Dorul-harb (ya’ni musulmon bo‘lmagan bir mamlakatda) musulmo bo‘lpb, shar’iy hukmlarni bilmagan kishi uzrli hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling