Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Tuya ustidagi kajavada o‘qilgan namoz


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Tuya ustidagi kajavada o‘qilgan namoz 
Kajava ustida namoz o‘qish hukman hayvon ustida namoz o‘qish kabidir. Ya’ni, hayvon 
xohyurayotgan bo‘lsin, xoh o‘rnida turgan bo‘lsin, zarurat bo‘lmaguncha joiz emas. Aga hayvon 
to‘xtatilib, kajavaning og‘irligi yerga tushsa, ti gurgan (ruku va sajdali bo‘lishi sharti bilan) farz namoz 
o‘qish joizdir. 
Kema ichida o‘qilgan namoz
1. Harakatda (suzishda) bo‘lgan kema ichidagi kishini: hech qanday uzrsiz, farz namozning ruku va 
sajdalarin ado etgan holda, o‘tirib o‘qishi Imomi A’zam hazratlarig ko‘ra, durustdir. Imom Abu Yusuf 
va Imom Muhammadga ko‘ra, bosh aylanishi yoki kemadan tashqariga chiqish imkoni yo‘kligi kabi 
uzrli sabablarsiz, o‘tirib o‘qish joiz emas. 
2. Kishining ruku va sajda qilishiga kuchi yeta tu rib, kemada imo-ishora bilan namoz o‘qishi ham 
joiz emas; 
3. Dengiz o‘rtasida to‘xtagan kema agar shamolning ta’ siri bilan katiq tebransa, harakat holatidagi 
kema huk midadir. Aks holda, hukman to‘xtab turgan kema kabidir. 
4. Sohilga bog‘langan kemada o‘tirib namoz o‘qish ittifoq ila joiz emas. Agar kema portga 
bog‘langan bo‘lib, bir qismi yerga tekkan bo‘lsa, tik turib namoz o‘qish joizdir. Agar kemaning 
quruqlik bilan tutash joyi bo‘lmasa, bu kemada namoz o‘qish joiz emas. Faqat quruqlikka chiqib 
namoz o‘qish imkoni bo‘lmasa, tik turgan holda bu kemada ham namoz o‘qish mumkin. 
Kemadagi namozxonning qiblasi  
Harakatlanayotgan kemada namoz o‘qiyotgan kishi, namoz o‘qishni boshlayotganida qiblaga 
yuzlanadi. Agar kema burilsa, u ham namoz ichida qiblaga tomon asta-sekin namozini tamomlaguncha 
burilaveradi. 
Transport vositalarida namoz o‘qish  
Faqih olimlardan Umar Nasuqiy zamonaviy transport vositalarida namoz o‘qish xususida shunday 
fikr bildiradi. Bunday vositalar.uch qismga bo‘linadi: 
1. Ot, tuya, eshak kabi miniladigan hayvonlar. Bu hayvonlarningustida hayvon ketayotgan tomonga 
qaragap holda sunnat va nafl namozlarni o‘qish joizdir. Faqat farz namozlarni hayvondan tushib o‘qish 
vojib. Chunki hayvonni yurgizish va to‘xtatish egasining ixtiyorida bo‘lib, xohlagan joyda tushib, 
namozini o‘qishi mumkin. 
2. Avtobus, avtomobilga o‘xshash to‘xtatish mumkin bo‘lgan yo mumkin bo‘lmagan vositalar. 
Bular ham yo‘lovchiga ko‘ra ikki qismga ajraladi: 
a) Yo‘lovchilar vositalarning egasi bo‘lsa, farz namozlarni yerga tushib, ado qilishlari zarur. 
b) 
Yo‘lovchilar vositalarning egasi bo‘lmasa, namoz vaqtida xushmuomalalik bilan vositani 
to‘xtatishini so‘raydilar. To‘xtata olmagan taqdirda, iloji boricha, o‘tirgan holda ruku va sajdani qilib 
namozini vositaning ichida o‘qiydi. Chunki namozni qazo qilganidan ko‘ra, mana 
shu tarzda ado etgan afzaldir. 
v) Yo‘lovchi mingan vosita poezd, kema va samolyotga o’xshash to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
vositalarda qiblaga yuzlanib va tik turgan holda namoz o‘qish imkoni bo‘lsa, o’sha holatda namoz 
o‘qiydi. Agar yuqoridagi shartlar mavjud bo‘lmasa, namoz qazo qilinmaydi, imkoni bo‘lgan shaklda 
o‘qiladi. 
Taroveh  
Taroveh namozi erkak va ayollarga sunnati muakkadadir. Jamoat bilan o‘qilishi sunnati kifoyadir 
(ya’ni, ba’zilarning masjidda jamoat bilan o‘qishi bilan boshqala uylarida yolg‘iz o‘qishlari mumkin 
bo‘ladi). 
Taroveh o‘qish vaqti xufton namozi vaqti kirganida to tong otishidan biroz avvalgi paytgachadir. 
Vitr namo zini tarovehdan oldin o‘qish ham, keyin o‘qish ham durustdir. Tunning so‘nggi uchdan bir 
qismiga yoki ikkinchi yari« mpga kechyktirilishi mustahabdir. Tun yarmidan keyinga qoldirilishi 
makruh emas. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling