Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
NAFL NAMOZLARI 
 
Sunnati muakkadalar 
Bomdod namozining farzidan avval, peshin, shom, xuftonning farz namozlaridan so‘ng, ikki rakat. 
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shom namozining farzidan so‘ng o‘qiladigan 
ikki rakat sunnat haqida shunday deganlar: "Kim shom namozining farzidan so‘ng, hech gapirmasdan 
birinchi rakatida Kofirun, ikkinchi rakatida Ixlos suralarini zam qilib, ikki rakat namoz o‘qisa, ilon 
qobig‘idan chiqqanidek, gunohlaridan poklanadi. 
Peshinning farz namozidan avval, Juma xutbasidan avval va Jumaning farz namozidan so‘pg to‘rt 
rakat namoz o‘qish sunnati muakkadadir. 
Mazkur sunnat namozlar bir salom bilan o‘qiladi. 
Mandub namozlar  
Mandub (ya’ni, sunnati muakkada bo‘lmagan) iamozlar quyidagilardir: Asr namozidan oldin va 
xufton namozidan avval va keyin to‘rt rakat. Shom namozining sunnatidan so‘ng olti rakat namoz 
o‘qish mandubdir. 
Izoh: Chunki Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Kim shomdan so‘ng olti rakat nafl 
namoz o‘qisa, avvobinlardan (biror gunoh ish qilib qo‘ygach, darhol orqasidan tavba qiluvchi 
kishilar) hisoblanadi ", deganlar va ushbu oyati-karimani o‘qiganlar (ma’nosi): "Alloh taolo 
avvobinlarni mag‘firat qiluvchi Zotdir". 
Shom namozining ikki rakat sunnati ushbu olti rakat nafl namoziga kirmaydi. 
Nafl namozlarga oid turli hukmlar
1. To‘rt rakatli sunnati muakkada namozlarning avvalgi qa’dasida faqat "Attahiyyotu" o‘qiladi va 
uchinchi rakatga turganida sano o‘qilmaydi. Ammo to‘rt rakatli sunnati muakkada bo‘lmagan 
namozlar esa bunday emas. Dastlabki qa’dada "Attahiyotu"ni o‘qigach, salovotlar o‘qiladi hamda 
uchinchi rakatga turilganida sano o‘qiladi. 
2. Ikki rakatdan ziyoda nafl o‘qiydigan kishi faqat oxirgi rakatda o‘tirsa (ya’ni ilk qa’dani tark 
qilsa), namozi istihsonan sahihdir. Chunki nafl namozlarini ikki rakat o‘qish joiz bo‘lganidek, to‘rt 
rakat o‘qish ham joizdir. 
3. Kunduzi bir salom bilan nafl namozlarni to‘rt rakatdan, kechasi sakkiz rakatdan ko‘p o‘qish 
makruhdir. 
4. Kunduzgi va tungi nafl namozlarni Imom Abu Hanifa rahmatullohi atayhga ko‘ra, bir salom bilan 
to‘rt rakat-to‘rt rakat, Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘ra kechasi o‘qiladigan nafl 
namozni ikki rakat-ikki rakata dan o‘qish afzaldir. Fatvo imomayn nuqtai-nazarlariga berilgan. 
5. Tungi nafl namoz kunduzgi nafl namozdan fazplatliroqdir (tungp va kunduzi o‘qiladigan nafl 
namozlarda qiyomni (uzunroq zam sura o‘qib) cho‘zish ko‘proq sajda qilishdan (ya’ni rakat sonini 
orttirishdan) fazilatliroqdir. 
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Namozlarning eng fazilatlisi qunuti (ya’ni 
qiyomi) eng uzuk bo‘lgan namozlardir" deganlar. Chunki, uzoq muddat qiyomdy tik turish ko‘proq 
Qur’on o‘qishga imkon beradi. Ko‘proq ruku va sajda qilish (rakatlar sonini orttirish) tasbehlarni 
ko‘paytirishni ta’minlaydi. Albatta, Qur’on o‘qish tasbeh aytishdan fazilatliroqdir. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling