Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Joyni o‘zgartirmaydigan sabablar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Joyni o‘zgartirmaydigan sabablar  
Turgan yo o‘tirgan joyidan zarurat uchun bo‘lsa ham ajralish, daraxtda bir shoxdan boshqa shoxga 
o‘tish, anhor yoki kattaroq hovuzda (sajda oyati o‘qilgan) joydan boshqa joyga suzib o‘tish bilan, joy 
o‘zgargan hisoblanadi. 
Joyni o‘zgartirmaydigan sabablar
1. Bir xonaning yoki katta bo‘lsa-da, masjidning ichida sajda oyati o‘qilgach, bir burchakdan 
boshqa bir burchakka o‘tishi 
2. Qur’on tilovat qilayotgan payt kemaning yurishi. 
3. Sajda oyati o‘qilgach, bir yoki ikki rakat namoz o‘qirlik vaqtning o‘tishi. 
4. Bir qultum suv ichish, bir-ikki luqma taom yeyish yoki bir-ikki qadam yurish. 
5. Bir narsaga suyanish, o‘tirish, yoki o‘rnidan turish. 
6. Sajda oyati o‘qilgan joyda hayvonga minish yoki tushish. 
7. Ustida namoz o‘qilayotgan hayvonning yurishi. Bunday hollarda bir marta sajda qilish kifoya. 
8. Sajda oyati o‘qiyotgan kishi o‘rnida qolgani holda, eshitayotgan kishining joyi o‘zgarsa, 
eshitayotgan kishi takror sajda qilishi lozim. 
9. Bir joyda bir sajda oyatini ko‘p eshitgan kishining takror sajda qilishi shart emas. Faqat o‘qigan 
kishi joy o‘zgartirgani tufayli, takror sajda qilish kerak. 
Turli masalalar 
Sajda oyati bo‘lgan surani o‘qiyotib, sajda oyatini o‘qimay tashlab ketish makruhdir. 
Sajda oyatiga bir yoki bir necha oyat qo‘shib o‘qish mustahabdir. 
O’tirgan kishining tilovat sajdasi qilish uchun o‘rnidan turib, sajda qilishi mustahabdir. 
Sajda oyatini eshitgan kishining o‘qigan kishidan avval boshini sajdadan ko‘tarmasligi ham 
mustahabdir. 
Sajda oyati bir jamoat ichida o‘qilib, hamma birdan sajda qilishi lozim bo‘lganida, oyatni o‘qigan 
kishining oldinroqqa o‘tirish va jamoatning saf tortishi shart emas. Har kim o‘tirgan joyida, 
xohlaganidek sajda qiladi. 
Tilovat sajdasining sahih bo‘lish shartlari
Tilovat sajdasining sahih bo‘lish shartlari iamozning sahih bo‘lish shartlaridir (takbiri tahrimadan 


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling