Microsoft Word oquv qollanma latin
O‘simlik ildizlaridagi osmotik bosim, uning tuproq eritmasining
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
chdns
3.9. O‘simlik ildizlaridagi osmotik bosim, uning tuproq eritmasining
bosimi bilan bog‘liqligi Qishloq xo‘jalik ekinlarini sun’iy sug‘orish yuqori hosil olish garovidir. Chunki hosildorlik lalmikor yerlarga nisbatan 3-5 martagacha yuqori bo‘ladi. O‘simliklarni sun’iy sug‘orish, ayniqsa, arid mintaqalari (suvning bug‘lanishi yillik yog‘ingarchilik miqdori ancha ko‘p bo‘lgan joylar) uchun katta ahamiyatga egadir. Chunki bunday mintaqalarda o‘simliklarda suv taqchilligi tez-tez sodir bo‘ladi. Olimlarning ko‘rsatishicha, hatto juda qisqa muddatli suv taqchilligi ham o‘simliklarning me’yorida o‘sishiga ta’sir qilmay qolmaydi. O‘simliklarda suv 105 kamchiligi, ayniqsa, suvning so‘rilishi, ildiz bosimi, og‘izchalar holati, transpiratsiya, fotosintez, nafas olish fermentlarining faolligi, o‘sish va rivojlanish, hosildorlik va hosil sifati kabi jarayonlarga ta’sir etadi. Sun’iy sug‘orishni to‘g‘ri tashkil qilish uchun suv muvozanati va uni tashkil qiluvchi asosiy omillarni e’tiborga olish zarur. Bunday omillarga quyidagilar kiradi: 1. O‘simlik turlari va navlari (qurg‘oqchilikka chidamlilik darajasi, ildiz tizimining rivojlanish xususiyatlari, o‘sish davrlari); 2. O‘simliklar soni; 3. Tuproq muhiti (tuproqdagi suv miqdori, tuproq eritmasining osmotik bosimi, tuproqning tuzilmasi va namlik sig‘imi); 4. Iqlim omillari (suvning yer ustidan bug‘lanish natijasida sarflanishi va transpiratsiya, havo harorati va namligi, shamol, yorug‘lik, yog‘ingarchilik miqdori) va boshqalar. Ayniqsa, arid mintaqalarda yetishtiriluvchi madaniy o‘simliklarning suv rejimini tavsiflovchi fiziologik jarayonlarni o‘rganish va ulardan foydalanib sug‘orish soni, muddatlari va me’yorini belgilash muhim ahamiyatga ega. Dasht va cho‘llarda o‘sadigan, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarga kserofitlar deyiladi. Kserofitlarda hujayralar kichik bo‘ladi, hujayra po‘sti qalinlashgan, barg mezofilida palisad parenxima yaxshi rivojlangan, barg tomirlari zich joylashgan, bargdagi og‘izchalar soni ham ko‘p bo‘ladi (3.9.1-rasm). Ildizning osmotik bosimi yuqori bo‘lib, ba’zida 100 atmosferagacha yetadi. Ildizlari tuproqga chuqur ketadi. Chunonchi, ildiz yantoqda 18 m, beda va qora saksovulda 16-18 m gacha boradi. Kserofitlarga shuvoq, yerman-shuvoq, izen, oq saksovul, qora saqsovul, juzg‘un, pista, teresken, kamforosma va shu kabilar kiradi. Kserofitlarga oid maxsus bir guruh o‘simliklar sukkulentlar deyiladi. Bu o‘simlik organlarida maxsus suv g‘amlovchi to‘qimalari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ularda suv zaxirasi saqlanadi. Bunday o‘simliklarga kaktuslar agavalar kiradi. 106 3.9.1-rasm. Kserofit o‘simliklar Kserofitlar jumlasiga Markaziy Osiyo cho‘l zonasidagi sho‘rxok yerlarda o‘sadigan sho‘rxoklar ham misol bo‘la oladi. Bunday o‘simliklarga danasho‘r, seta, xaridondon, sarsazan va qizil sho‘rani misol qilish mumkin. Ular galofitlar deb ataladi (3.9.2-rasm). Nami yetarli bo‘lgan tuproq va iqlim sharoitida o‘sadigan o‘simliklar mezofitlar deyiladi. Bu xil o‘simliklar hujayralaridagi osmotik bosim kserofitlarga qaraganda pastroq ya’ni, 11-15 atmosfera orasida bo‘ladi. Mezofitlarga ko‘pchilik daraxt va aksari ekiladigan o‘t o‘simliklar: g‘o‘za, beda, makkajo‘xori, qovun, tarvuz, pomidor, boyimjon hamda deyarli hamma mevali o‘simliklar kiradi. Bu xil o‘simliklarning ildizi uncha chuqur ketmaydi, lekin u kuchli tarmoqlanib, tuproq orasida katta hajmni egallab oladi. 107 3.9.2-rasm. Galofit o‘simligi. Namlik ko‘p bo‘lgan sharoitda, ya’ni daryo bo‘ylari, o‘tloqlar, hamda o‘rmonlar orasida o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ularning barglari odatda yirik, kutikulasiz va tuksiz bo‘ladi. Barg yuzasidagi og‘izchalar doimo ochiq bo‘lib, ular bargning ham ostki, ham ustki qismida joylashadi. Ildizlari tuproqga chuqur kirmaydi, chunki ildizlar yoyilgan joy doimo nam bo‘ladi. Ulardagi osmotik bosim 8-12 atmosferani tashkil etadi. Daryo va ko‘l bo‘ylarida o‘sadigan savagich, qamish, qiyoq, ba’zi bir begona o‘simlik turlari va madaniy ekinlardan, sholi gidrofitlarga misol bo‘ladi (3.9.3-rasm). 3.9.3- rasm. Gidrofit o‘simliklar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling