Нумерация bo’limida abzatslarni nomerlash, harflarni katta-kichik qilib yozish;
Обрамление и Заполнение (ramkalash va to’ldirish) yordamida quyidagilar bajariladi:
1. Ramkalash uning uch xil usuli mavjud, ya’ni: Нет (ramkasiz), Рамка (ramkali), va Тен
(soyali). Yozayotgan matnlarni shu bo’lim orqali ramkalay olamiz va namuna orqali esa qanday
shaklga keltirilganligini batafsil ko’rib boriladi.
2. Ramkani chizig’ini o’zgartirishda (qalin yoki ingichka, shtrixli yoki nuqtali, ikki chiziqli
bo’limlardan) foydalaniladi. Chiziqlar o’lchamini esa oldindan tanlanadi;
3. Цвет (rang) orqali- chiziqlar rangini o’zgartirish;
Заполнение (to’ldirish) bo’limida chizilgan ramka foni rangini, Узор (naqshi)ni
o’zgartirish; Uzorni 5% dan boshlab xohlagancha qalinlashtirish; Bajarayotgan amallar shu
muloqot oynasida kuzatib turiladi.
Колонки (ustunlar) bo’limida matnlarga ustun (kolonki) tanlaymiz. Ustunlar matnni
ikkiga, uchga va hokazo bo’laklarga ajratadi. Chizmada ko’rsatilgan ramkalarni sichqoncha
yordamida tanlashimiz mumkin. Tanlaganimizdan keyin ekrandagi yozuv tanlagan ramkaga
tushadi. Bu yerda ustunlarga ajratibgina qolmasdan ularga nomer qo’yish va tanlagan
ustunlarimiz oralig’ini kengaytmasini toraytirish mumkin.
Буквица (harf) buyrug’i harflar turini, ularni katta-kichikligini, bosh harflarni
kattalashtirib yozish imkonini beradi.
Список (ro’yxat) buyrug’ining uch bo’limi: Маркерованний (markerlash),
Нумерованний (raqamlash), Многоуровневий (ko’p darajali) bor.
Ro’yxatlarga belgi qo’yish (Markerlash). WORD turli ro’yxatlarni har bir satri boshiga
qo’shimcha simvollarni qo’yish imkoniga ega. Bu amallar belgilash buyrug’i ostida amalga
oshiriladi. Oddiy holda bu belgilar qora doiracha shaklida bo’ladi. WORDda bezak uchun
ishlayotgan belgilarni o’z xohishimizga ko’ra ularning o’lchovini, shaklini va rangini o’zgartira
olamiz.
166
Do'stlaringiz bilan baham: |